Özbekiston Respublikasi boş vaziri Abdulla Aripov OAV böyiça selektor ötkazdi. Hukumat rahbari vazirlik, hokimlik idoralari va boşqa taşkilotlarda OAV bilan işlaş talab darajasida emasligini tanqid qildi.

«Bugungi kunda OAV mamlakatda sodir bölayotgan dolzarb voqealarga tezkor munosabat bildirmoqda. Matbuotda ham turli mavzulardagi tanqidiy va tahliliy materiallar keskin köpaydi. Bu esa jamoatçilik fikri şakllanişida muhim rol öynamoqda. Tan oliş kerak, bundan 2-3 yil avval OAVdagi bunday oçiqlikni köpçilik tasavvur ham qila olmasdi.

Ammo davlat organlari va OAV örtasida hamkorlik qanday yölga qöyilgani haqidagi savolga javob yöq. Töğrisini aytiş kerak, ba'zi rahbarlar matbuot bilan işlaşni ikkinçi va hatto beşinçi darajali iş deb qaramoqda. Ba'zi taşkilotlar axborot xizmati vakillariga yetarli şaroit yaratib bermagan. Şu kungaça 20ga yaqin davlat va xöjalik boşqaruv organlarida, 150dan ortiq tuman, şahar va viloyat hokimliklarida axborot xizmatlari taşkil qilinmagan. Boriga ham yana boşqa işlar topşirib qöyilganki, u öz işi bilan şuğullanişga ulgurmaydi ham.

Ayrim taşkilotlarning veb-saytlari yillar davomida işlamaydi (boş vazir saytlari 2-3 yildan buyon işlamayotgan qator taşkilotlarni sanadi). Vaholanki, OAVda xalqning diqqat markazida bölayotgan dolzarb mavzular yoritilmoqda, ammo bu taşkilotlar jim. Taşkilotlar kimdir tepadan buyruq berişini kutmay özi haqidagi maqolalarga munosabat bildirişi kerak.

Quyidagi raqamlarga e'tibor berişingizni xohlayman: yakuniga yetayotgan iyul oyida OAV va ijtimoiy tarmoqlarda vazirliklar, idoralar, mahalliy davlat organlari faoliyatiga oid 500ga yaqin tanqidiy material e'lon qilingan. Şulardan 288tasi vazirlik va idoralar, qolgani mahalliy davlat hokimiyati faoliyatiga tegişli. Tanqidiy maqolalarning 200tasi feysbuk, 25tasi telegram, 60dan ortiği boşqa ijtimoiy tarmoqlarda, 90dan ortiği tele va radiokanallarda, 80dan ortiği matbuotda e'lon qilingan. Bu tanqidiy materiallarning 18 foizi, ya'ni 91tasiga mutasaddi vazirlik va idoralar tomonidan munosabat bildirilgan, xolos.

Taşkilotlar özlari haqidagi tanqidiy çiqişlarga munosabat bildirişi, kerak bölsa xalqning oldida hisobot berişi şart. Agar notöğri axborot berilgan bölsa, bunga ham munosabat bildiriş kerak. Buni kim taşkil qiladi? Öşa taşkilotlardagi axborot xizmati xodimlari. OAVda barça organlar işi yuzasidan tanqidiy materiallar e'lon qilinmoqda, ammo köpçilik ularga munosabat bildirmay tomoşabin bölib turibdi. Tanqid bor, lekin munosabat yöq. Demak hammasi töğri ekanda? Tanqiddan xulosa qilindimi yöqmi, bildiriş kerak. Masalan kimdir çiqib intervyu bersin. Yoki bölmasa, mana şu iş yuzasidan işçi guruh tuzildi, şunday-şunday işlar bölyapti deb aytiş kerak. Yöq, köpçilik bunday qilmaydi. Xuddi ular boşqa dunyo, qolganlar boşqa dunyodek...», deya Aripovning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.