Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 30 iyul kuni «Yoqilği-energetika resurslarining narxlari va tariflarni özgartiriş töğrisida»gi №633-sonli qarori imzolangan.
Unga köra, 15 avgustdan boşlab:
- Ai-80 markali avtomobil benzinining çakana narxi — bir litri uçun 4500 söm (4000 söm edi);
- Dizel yoqilğisining çakana narxi — bir litri uçun 5400 söm (4800 söm edi);
- EKO dizel yoqilğisining çakana narxi — bir litri uçun 5700 söm (4900 söm edi) qilib belgilanmoqda.
Şuningdek, elektr energiyasi va tabiiy gaz uçun belgilangan tariflar va narxlar ham oşirilmoqda.
Yodingizda bölsa, hukumatning 2018 yil 1 noyabrdagi «Yoqilği-energetika resurslarining narx va tariflarini bosqiçma-bosqiç özgartiriş töğrisida»gi №897-sonli qaroriga muvofiq, 2018 yil 16 noyabrdan boşlab aholi uçun tabiiy gaz narxining oşirilişini tasdiqlangan, narxlar 2019 yilda yana bir marta oşirilişini belgilagan edi.
2019 yil 1 iyundan boşlab tabiiy va suyultirilgan gaz va elektr energiyasi uçun narxlar oşirilişi nazarda tutilgandi. Unga köra, maişiy iste'molçilar uçun 1 metr kub tabiiy gazning narxi hozirgi 320 sömdan 350 sömgaça, elektr energiyasining 1 kilovatti hozirgi 250 sömdan 280 sömgaça oşişi kerak edi.
Keyinçalik hukumat qarorida közda tutilganidek, 1 iyundan tabiiy gaz va elektr energiyasining narxi oşmaydigan böldi.
«Tabiiy gaz va elektr energiyasiga belgilangan narxlar oşiriladi, lekin 1 iyundan emas. Biz narx oşirilişini vaqtinça töxtatib qöydik», — degan edi Moliya vazirligidagilar.
Markaziy bank öz xabarida iyun oyidagi elektr energiyasi va tabiiy gazga avvaldan belgilangan narx oşirilişi inflatsiyaning pasayişini töxtatuvçi omil bölib xizmat qilişini aytgan








