«Ehtiyot böling, eşiklar yopiladi. Keyingi bekat...»
|02:57 / 01.08.201986 28911 min
Foto: KUN.UZFoto: KUN.UZ
Bu ovoz Toşkentda aqalli bir marta bölgan yoş-u keksaga taniş. Qiziği, bu jumlalar barçaning xayolida har doim bir xil ovozda yangraydi. Manzilingizga yetib olgunga qadar, u sizga yöl körsatib boradi, ehtiyotkorlik va ogohlikka çaqiradi. Boringki ana, kattalarga joy beriş kerakligini ham uqtiradi. Lekin gap faqat ovoz haqida emas, bu ovoz yangraydigan Toşkent metropoliteni haqida. Minglab odamlarning uzoğini yaqin qiladigan bu manzil haqida nimalarni bilamiz?
Toşkent metropoliteni: keça
Aytişlariça, respublikaning öşa vaqtdagi rahbari Şarof Raşidov Toşkentda metro qurilişiga ruxsat oliş uçun Moskvaga naq 18 marotaba murojaat qilgan.
Foto: KUN.UZ
Toşkent metropoliteni Örta Osiyodagi ilk yerosti transport vositasi hisoblanadi. Sobiq sovet davlatlari hududida Moskva, Sankt-Peterburg, Kiyev, Boku, Tbilisi, Xarkov şaharlaridan keyin yettinçi bölib, Markaziy Osiyoda esa birinçi bölib 1972 yilda Toşkent şahrida metropoliten qurilişi boşlangan.
1977 yil 6 noyabr sanasida işga tuşgan metropolitenning eng dastlabki bekatlari «Olmazor», «Mirzo Uluğbek», «Hamza» (hozirgi «Novza»), «Yoşlik» (hozirgi «Milliy boğ»), «Xalqlar döstligi», «Mustaqillik maydoni», «Amir Temur xiyoboni» bölgan. 1980 yilda Çilonzor yölining barça 12ta bekati töliq qurib bitkaziladi. 1984 yilda Özbekiston yöli foydalanişga topşiriladi. Eng «yoş» Yunusobod yölining qurilişi 1988 yilda boşlangan bölsa-da, mustaqillikdan keyin, 2001 yil avgust oyiga kelibgina işga tuşadi. Bunga ötgan davr içida siyosiy tuzumning mutlaqo özgargani sabab bölgan bölsa ajabmas.
Metropoliten arxitekturaviy qurilişi, bezaklari jihatidan diqqatga sazovordir. U milliy arxitekturani alohida yangi bosqiçga olib çiqqan deb sanaladi. Şahar boş arxitektori S.Odilov va «Toşmetroloyiha» boş arxitektori R.Fayzullayev boşçiligidagi rassomlar, haykaltaroşlar, arxitektorlar jamoasining mehnati samarasi ölaroq milliy bezak va naqşlar panoramasi bunyod etilgan. Ahamiyatlisi, ular mutlaqo bir-birini takrorlamaydi.
Foto: KUN.UZ
Mavzuga oid
Foto: KUN.UZ
Foto: KUN.UZ
Şuning uçun ham metro faqatgina yölovçi taşiş vositasi emas, sayyohlar uçun ekskursiyabop maskan ham hisoblanadi.
Metropoliten bekatlarida ustalik bilan işlangan mozaikalardan tortib, bir-birini takrorlamaydigan naqşlar, gançkorlik, marmar öymakorligi, hatto badiiy adabiyot namunalarini jonlantiruvçi illyustratsiyalarni ham topiş mumkin. Ular har bir stansiyaga original ruh bağişlaydi.
Foto: KUN.UZ
Foto: KUN.UZ
Foto: KUN.UZ
Toşkent metropoliteni: bugun
Toşkent metropoliteni ayni kunda uçta ─ Çilonzor(«Olmazor», «Çilonzor», «Mirzo Ululğbek», «Novza», «Milliy boğ», «Xalqlar döstligi», «Paxtakor», «Mustaqillik maydoni», «Amir Temur xiyoboni», «Hamid Olimjon», «Puşkin», «Buyuk ipak yöli»), Özbekiston(«Döstlik», «Maşinasozlar», «Toşkent», «Oybek», «Kosmonavtlar», «Özbekiston», «Alişer Navoiy», «Ğafur Ğulom», «Çorsu», «Tinçlik», «Beruniy»), Yunusobod(«Ming örik», «Yunus Rajabiy», «Abdulla Qodiriy», «Minor», «Bodomzor», «Şahriston») yöllarida joylaşgan 29 ta stansiyadan iborat. Metropolitendan bir kunda örtaça 180-200 ming yölovçi foydalanadi. Yölovçilar öz manzillariga tez va oson yetib olişlari uçun 3000 dan ziyod metropoliten xodimi ─ maşinistlar, bekat nazoratçilari, elektr mexaniklar, elektromontyorlar, çilangarlar xizmat körsatadi. Metropoliten tarmoği umumiy 36,2 kilometrni taşkil etadi.
«Ehtiyot böling, eşiklar yopiladi», «Keyingi bekat...», «Hurmatli yölovçilar, yoş bolali, nogiron va yoşi katta yölovçilarga joy bering» jumlalarini takrorlovçi barçaga taniş ovoz Özbekiston teleradiokompaniyasi suxandoni Muslima Murodovaga tegişli. Bekat va eskalatorlarda xavfsizlik qoidalarini eslatuvçi ovozlar esa metropoliten xodimlari tilidan yangraydi.
Metropoliten reklama va propaganda uçun ham yaxşigina maydonga aylanib ulgurgan.
Foto: KUN.UZ
Foto: KUN.UZ
Busiz esa metroni tasavvur qilib bölmaydi...
Foto: KUN.UZ
Metropoliten stansiyalarining nomlanişiga zamon öz ta'sirini körsatgan. Mustaqillikka qadar ular uçun asosan sovet sotsializmi ruhidagi nomlar tanlangan bölsa, keyinçalik ular milliy va umumbaşariy mazmundagi nomlarni oldi. Masalan, «Çkalov» ─ «Döstlik», «Hamza» ─ «Novza», «Sobir Rahimov» ─ «Olmazor», «Maksim Gorkiy» ─ «Buyuk ipak yöli», «Habib Abdullayev» ─ «Şahriston», «Yoşlik» ─ «Milliy boğ»...
Qiziqarli jihati, metropoliten stansiyalarning nomlanişi har doim ham şu manzil bilan muvofiq tuşavermaydi. Bu esa nafaqat çet elliklar, şahar mehmonlari, balki poytaxtning tub aholisi uçun ham noqulaylik tuğdirişi tabiiy. «Olmazor» metrosi Olmazor tumanida emas. «Mirzo Uluğbek» metrosining Mirzo Uluğbek boğiga ham, Mirzo Uluğbek tumaniga ham aloqasi yöq, «Ğafur Ğulom» metrosi va Ğafur Ğulom parkini heç narsa boğlab turmaydi. Abdulla Qodiriy boğiga «Abdulla Qodiriy» metrosi orqali boriladi degan odam ham adaşib qolişi tayin.
Toşkent metropoliteni poytaxtning asosiy taşrif qoğozlaridan biri hisoblansa-da, bir qator kamçilik va noqulayliklardan xoli emas.
Bironta metro stansiyasida nogironlar uçun qulaylik masalasi körilmagan. Zinalarda va eskalatorlarda, hatto ba'zi yerosti yöliga tuşiş joylarida ham nogironlar uçun panduslar (aravaça harakatlanişi uçun möljallangan yölak) mavjud emas. Şu jihatdan metro ham boşqa transport vositalari singari imkoniyati çeklanganlar uçun ançagina noqulay transport.
Foto: KUN.UZ
40 yoşdan oşib qolgan metropoliten ançagina «qariyapti». Zax ötgan, devorlari şikast yeya boşlagan, çakki ötgan joylarni tez-tez uçratiş mumkin. Özbekiston yöli böylab harakatlanayotgan poyezdlar esa körinişidanoq yaroqlilik muddati ötganligi bilinadi, poyezd harakati çoğidagi kuçli şovqin esa buni yana bir bor tasdiqlaydi.
Foto: KUN.UZ
Foto: KUN.UZ
Poyezdlar harakati oraliq intervallari ançagina uzoq. Kunduzgi soatlarda har 5-6 daqiqa, keçki paytda esa 9-10 daqiqagaça, ba'zida undan ham uzoqroq kutişga töğri keladi.
Yer osti yöllarida va stansiyalarda yöl körsatkiçlari, yaqin atrofda joylaşgan obektlar haqida ma'lumot juda kam, barça bekatlarda yöq. Poyezddan tuşgaç, öz manziliga qaysi tomondan çiqişni bilmay, ovora bölib yöl sörab yurganlarni tez-tez uçratiş mumkin.
Foto: KUN.UZ
Metropoliten stansiyasiga kiraverişida qator tizilgan turniketlarning barçasi ham işlayotgan bölmaydi. Bu esa qatnov tiğiz bölgan soatlarda noqulaylik tuğdiradi. Haligaça elektron tölov tizimining töla yölga qöyilmagani (2018 yil oxiriga qadar işga tuşişi haqida ma'lumot berilgan edi) esa kassalar oldidagi tartibsizlik va navbatlarga sabab böladi.
Foto: KUN.UZ
Metropoliten yozda salqin, qişda issiq bölişiga qaramay, ventilyatsiya, havo aylaniş tizimi yaxşi yölga qöyilmagan. Qatnov tiğiz bölgan paytlarda nainki poyezd vagonlarining özida, platformalarda ham toza havo topiş muammoga aylanadi. Salomatligi bilan muammosi bölganlar uçun bu jiddiy xavf tuğdirişi heç gap emas.
Şu örinda, metropoliten bekatlarida birinçi tibbiy yordam körsatiş uçun şaroitning yöqligini ham qayd etib ötiş lozim. Havo yaxşi aylanmaydigan yer ostida soğligida özgariş sezilgan yölovçilarga birinçi va eng sodda tibbiy yordamni körsatiş çoralari körilmagan.
Xavfsizlik maqsadida har bir yer ostiga ötiş yölida va bekatlarda turgan militsiya xodimlarining ham qanday işlaşi barçaga ma'lum. Ular öz kayfiyatiga, holatga qarabgina sumkalarni tekşirişga hafsala qiladigandek taassurot uyğotadi.
Toşkent metropoliteni: ertaga
Yaqin kelajakda metro yöllarining uzayişi, yangi stansiyalarning işga tuşişi kutilmoqda. Xususan, poytaxtning şimoliy qismiga olib boruvçi Yunusobod yölining «Şahriston» bekatidan «Turkiston» bekatigaça 2,7 km uzunlikdagi «Yunusobod» va «Turkiston» bekatlari 2020 yilda işga tuşişi rejalaştirilgan.
Yengil metro tizimi, ya'ni estakeda (yer usti köpriklari) usulida 6 ta bekatdan iborat bölgan Sergeli yöli ham 2020 yilda işga tuşişi möljallangan.
Şuningdek, yana bir loyiha ─ yer usti metro halqa yölini işga tuşiriş işlari ham olib borilmoqda. 35 ta bekatni birlaştiruvçi, uzunligi 52,1 km bölgan halqa yölining bunyodkorlik işlari 2017 ─ 2030 yillar oraliğida amalga oşiriladi. Bu halqa yöli Toşkent şahrining tumanlarini bir-biri bilan boğlaş, çekka tumanlar oraliğida transport aloqalarini yölga qöyişga xizmat qiladi.
Foto: KUN.UZ
Yaqin oylarda tirbandlikning oldini oliş maqsadida metropoliten bekatlarida an'anaviy jyeton xarididan elektron tölovga ötiş tizimining yölga qöyilişi ham kutilmoqda.
Metropoliten faqat Toşkentga xosmi?
Özbekistonning boşqa hududlarida ham metropoliten işga tuşişini kutiş mumkinmi, degan savol köpçilikni qiziqtirişi tabiiy. «Toşkent metropoliteni» unitar korxonasi ma'lumotlariga köra, şahar aholisining soni 1 mln.dan oşgan hududlardagina mamlakat hukumatning tegişli qarori asosida metropoliten işga tuşirilişi mumkin.
«Toşkent metropoliteni» Özbekiston aholisi uçun ham transport vositasi ham strategik bino, ham badiiy arxitektura möjizasi. U yanada qulaylaşib, modernizatsiyalaşib borişiga umid qilamiz. Har holda metroda suratga olişga ruxsat berişdi-ku...
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi