Bugun, 1 avgust kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Moliya vazirligi, Energetika vazirligi, "Öztransgaz" AJ va "Özbekenergo" AJ mutasaddilari iştirokida matbuot anjumani bölib ötdi.
Kun.uz muxbirining “Köpçilikning muhokamasiga sabab bölgan Lukoyl bilan şartnoma qayta körib çiqiladimi va bekor qilinişi mumkinmi?” degan savoliga Moliya vaziri Jamşid Qöçqorov – “Lukoyl bilan şartnoma qayta körib çiqilmaydi, çunki u xalqaro şartnoma. Agar biz hamma şartnomalarni qayta körib çiqib, bekor qilaversak, beburd bölib qolamiz”-deb javob berdi.

Eslatib ötamiz, prezident Şavkat Mirziyoyev Senatdagi çiqişi vaqtida «Lukoyl» kompaniyasidan 600 mln dollar miqdoridagi qarzdorlik haqida gapirgandi. Prezident mas'ullar mahsulotni bölib oliş töğrisidagi bitim imzolaş oldidan milliy manfaatlarni hisobga olişi kerakligi, lekin bu holatda milliy manfaatlar hisobga olinmaganini aytgandi.
Şuningdek, Reuters agentligi şu yilning mart oyida Özbekiston «Lukoyl»dan 2018 yilda gaz yetkazib bergani uçun 600 million dollarga yaqin qarz bölib qolgani haqida xabar bergan.
Bu holatni izohlarkan, «Öztransgaz» AJ boşqaruv raisi örinbosari Murodulla Boşmanov: «Tabiiy gaz eksporti içki iste'molga ta'siri bölyapti. «Lukoyl» kompaniyasidagi qarzdorligimiz şunga sabab böldi. Aslida, bunday bölişi kerakmas. Ötgan yili balans körsatkiçlaridagi ayrim xatoliklar tufayli uşbu vaziyat yuzaga keldi. «Lukoyl»dan 146 AQŞ dollariga gaz olib, 40 dollardan sotdik. Natijada biz zarar kördik. Bu xato bizniki va uni özimiz töğrilaşimiz kerak. Aholining gaz iste'moliga ta'sir ötkazmasligimiz kerak», - degan.











