Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukaşenkoning taklifiga binoan 31 iyul kuni rasmiy taşrif bilan Minskka yetib bordi.
Minsk milliy aeroportida oliy martabali mehmonni Belarus Boş vaziri Sergey Rumas va boşqa rasmiy şaxslar kutib oldi.


Oliy darajadagi muzokaralarda ikki mamlakat örtasidagi siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, madaniy-gumanitar va boşqa sohalardagi hamkorlikning holati va istiqbollarini muhokama qiliş, şuningdek, mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan fikr almaşiş rejalaştirilgan.

Prezidentlar Minskda Özbekiston milliy sanoat körgazmasi va Belarus yuqori texnologiyalar parki bilan tanişadilar.
Muzokaralar yakunida davlat rahbarlarining Qöşma bayonoti imzolanişi hamda Özbekiston va Belarus örtasidagi köp qirrali şeriklikni, jumladan, investitsiyalar, işlab çiqariş, ilmiy-texnik kooperatsiya sohalarida hamkorlikni kengaytirişga, hududlar örtasida töğridan-töğri aloqalar örnatişga mustahkam asos yaratadigan salmoqli hujjatlar töplami qabul qilinişi kutilmoqda.







