Özbekiston Respublikasi prezidenti huzuridagi Orolböyi xalqaro innovatsiya markazi, Şörlaniş şaroitida biodehqonçilik xalqaro markazi (ICBA) hamda Yaponiyaning Kioto universiteti örtasida imzolangan memorandum doirasida bir guruh olimlar tomonidan Möynoq tumanidagi tajriba uçastkasida avtonom mini meteostansiya örnatildi.
Stansiya butunlay avtonom bölib, alohida xizmat körsatilişini talab etmaydi. Qurilma akkumulyatorli batareya, quyoş paneli va datçik körsatkiçlarini yozib oladigan loggerdan iborat. Stansiyaga AQŞning Onse kompaniyasi tomonidan işlab çiqarilgan HOBOware sensorlari örnatilgan, mazkur sensorlar orqali vegetatsion qatlamning va undan yuqoridagi ob-havo harorati, atmosfera bosimi, quyoş radiatsiyasi, havo tezligi va yönalişi, yoğingarçiliklar, tuproq namligi va harorati, yer osti suvlari darajasi aniqlanadi. Mazkur körsatkiçlar ösimliklarning ösişini va hosil bölayotgan biomassalarni baholaşga kömak berib, Orolböyi iqlim şaroitlariga mos ösimlik navlarini aniqlaş imkonini beradi.
Kioto universiteti professori Kenji Tanaka stansiyani ilmiy-amaliy tadqiqotlar olib borilişi uçun möljallangani alohida qayd etib, stansiyani örnatişda jonbozlik körsatgan Orolböyi xalqaro innovatsiya markazi mas'ul xodimi Temur Xöjanazarovga hamda Kioto universiteti professori Şiojiri Dayyaga minnatdorçiligini izhor etdi. Öz navbatida, Kioto universiteti olimlari yiğilgan ma'lumotlardan Orolböyi hududidagi iqlim özgarişlarini tadqiq etiş uçun foydalanadilar, deyiladi Innovatsion rivojlaniş vazirligi xabarida.












