1 avgust kuni Oliy Majlis Qonunçilik palatasining navbatdagi majlisida “Vazirlar Mahkamasining Davlat dasturining 2019 yil II çoragida bajarilişi yuzasidan hisoboti” körib çiqildi. Xisobotni boş vazir örinbosari Aziz Abduhakimov taqdim etdi. Tadbirda barça mutasaddi vazirliklar va taşkilotlar rahbarlari iştirok etdi.
Ma'ruzada ta'kidlanganidek, 2019 yilning I yarim yilligida 139 ta topşiriq belgilangan bölib, 106 band ijrosi töliq bajarilgan. Jumladan, II çorakda Davlat dasturining 77 ta bandi ijrosi ta'minlanişi rejalaştirilgan bölib, hisobot davrida 55 ta bandning (71 foiz) ijrosi töliq bajarilgan. Bunda, jami 50 ta normativ-huquqiy hujjatlar, jumladan 2 ta Özbekiston Respublikasining qonuni, 2 ta Oliy Majlis palatalarining qarori, Prezidentning 8 ta farmoni va 19 ta qarori hamda 19 ta Vazirlar Mahkamasining qaror va farmoyişlari qabul qilindi
Bundan taşqari, I yarim yillikda yakuniga yetkazilmagan 23 ta band ijrosi böyiça işlar turli bosqiçlarda amalga oşirilmoqda va 10 ta bandning ijro muddati belgilangan tartibda uzaytirilgan.
Aziz Abduhakimov ma'ruzada keng jamoatçilik va deputatlar tomonidan sönggi paytlarda kötarilayotgan ijtimoiy muammolar va ularning yeçimi yuzasidan takliflar hukumat tomonidan e'tiborda ekanligini qayd etdi. Şuningdek, mamlakatimiz taraqqiyotiga befarq bölmagan barça ommaviy axborot vositalari, blogerlar, fuqarolarimiz va deputatlarga alohida minnatdorçilik bildirdi.
Boş vazir örinbosari Özbekiston “Adolat” SDP fraksiyasi vakillari tomonidan kötarilgan va Vazirlar Mahkamasiga yuborilgan “tonirovka” va “termoplyonka” masalasiga ham töxtalib ötdi. Jumladan, e'lon qilinişi kutilayotgan qarorda fraksiyaning takliflari ham öz aksini topgani ta'kidlandi, deb xabar beradi Özbekiston “Adolat” SDP matbuot xizmati.
Şuningdek, Aziz Abduhakimov öz ma'ruzasida bugungi kunning dolzarb masalasi hisoblangan turar va noturar joylarni buziş hamda ularga kompensatsiya masalasiga ham töxtalib ötdi.
Ma'lumot berilişiça, hozirgaça yuridik şaxslarning buzilişga tuşgan 3800 ta obektning jami kompensatsiya miqdorining 70 % mablaği tölanmagan. Bu qarzdorlikning asosiy qismi Toşkent şahri, Xorazm va Toşkent viloyatlari hissasiga töğri keladi. Endi bunday bölmaydi.
Yangi tizim böyiça viloyat hokimlari tomonidan buzilişi rejalaştirilgan hudud böyiça materiallar Vazirlar Mahkamasiga kiritiladi. Vazirlar Mahkamasida boş vazir birinçi örinbosari A.Ramatov tomonidan şaharsozlik talablari böyiça puxta örganiladi. Moliyaviy tölovlarni öz vaqtida tölab beriş masalalari boş vazir örinbosari J.Qöçqorovga kiritilib, ulardan tegişli hisob-kitoblar olingandan söng boş vazirga taklif sifatida kiritiladi. Faqatgina şundan söng buziş masalasi böyiça bir qarorga kelinadi.












