Hindistonning Jammu va Kaşmir ştati hukumati xavfsizlik bilan boğliq muammolar sababli turistlar va ziyoratçilarni ştat hududini zudlik bilan tark etişga çaqirdi.  

"Terrorçilik tahdidi töğrisidagi razvedka ma'lumotlari va Kaşmir vodiysidagi vaziyatni hisobga olib, turist va ziyoratçilarga vodiyda böliş vaqtini qisqartiriş va tezroq bu hududni tark etiş uçun zudlik bilan çoralar köriş tavsiya etiladi", - deyiladi hukumat bayonotida.

Politsiyaning xabar berişiça, jangarilar Amarnatx ibodatxonasiga amalga oşiriladigan ziyoratni yöqqa çiqarişga tayyorlangan. Ziyoratçilar yönalişida qurol-yaroğlar, portlovçi qurilmalar saqlanayotgan ombor topilgan.

Taxminlarga köra, ekstremistlar 15 avgust kuni nişonlanadigan Hindiston mustaqillik kunida hujumlar amalga oşirişi mumkin. Hududga qöşimça 10 ming nafar harbiy taşlangan. Mahalliy matbuotning ma'lumot berişiça, ştatga jami 25 ming nafargaça harbiy jalb etilişi mumkin.