Hindiston Oliy sudi hukumatning Jammu va Kaşmir ittifoq hududi maxsus maqomini bekor qiliş haqidagi qarorini tasdiqladi. Reuters xabariga köra, sud mintaqada mahalliy saylovlar 2024 yil sentabr oyi oxirigaça ötkazilişi kerak degan qarorga kelgan. Endi Jammu va Kaşmir Hindiston ştatiga aylanişi kerak.
Oliy sud qarorida Ittifoq hududining alohida maqomi vaqtinçalik ekanligi va uni bekor qiliş mumkinligi aytilgan. Boş vazir Narendra Modi hukumati 2019 yilda qabul qilgan qarorga köra, asosan buddistlar yaşaydigan Ladax viloyati ham Jammu va Kaşmir tarkibidan çiqarilgan.
Jammu va Kaşmir Hindiston şimolidagi hudud bölib, mamlakatdagi aholisining aksariyat qismini musulmonlar taşkil etuvçi yagona hududdir. Mintaqa 1947 yilda Pokiston va Hindiston taşkil etilganidan beri ikkala davlat örtasidagi hududiy nizolarga sabab bölmoqda.
Jammu va Kaşmir 2019 yilgaça maxsus avtonomiya maqomiga ega edi. Unga köra, Jammu va Kaşmirdan taşqarida yaşovçi Hindiston fuqarolariga uşbu hududdan yer sotib oliş va u yerda doimiy joylaşiş taqiqlangan. Şuningdek, Hindiston parlamenti tomonidan mudofaa, taşqi işlar, moliya va aloqa bilan boğliq bölmagan barça qarorlar hudud organlari tomonidan tasdiqlanişi kerak edi.











