Toşkent şahar IIBB tusi özgartirilgan (qoraytirilgan) transport vositalaridan foydalaniş masalasiga oid qonunçilik yuzasidan izoh bilan çiqdi.

Qayd etilişiça, avtomobillarning orqa oynalarini tusini yoruğlik ötkazuvçanligini çegaralamasdan özgartiriş ruxsat etiladi.

Şuningdek, turistik transport sifatida litsenziyaga ega bölgan M3 toifa III klass avtotransport vositalari oynalarining ham tusini qoraytiriş mumkin.

Turistik avtobuslarni yon oynalarini qoraytiriş masalasida ruxsat narxi quyidagi omillarni inobatga olgan holda belgilanadi: avtobus yuridik şaxsi röyxatga olinganligi; kimga tegişliligi; Özbekiston, yoki boşqa davlat hududida röyxatda turişi.

Ma'lum qilinişiça, parda, darparda, jalyuzilar böyiça qonunçilikda özgarişlar röy bermadi. Yengil avtomobillar bilan boğliq hollarda pardalarni yon közgular mavjud bölgan holda faqatgina orqa oynaga örnatiş mumkin. Yon oynalarga pardalar örnatiş faqatgina M3 toifadagi III klass avtotransport vositalariga mumkin (haydovçi örindiğidan taşqari sakkiztadan ortiq örindiqlari bölgan va oğirligi 5 tonnadan oşiq bölgan yölovçi transporti). 

Şuningdek, avtomobil old oynasining 14 sm.dan köp bölmagan tepa qismi tusini polosa şaklida yoruğlik ötkazuvçanligi çegaralamagan darajada özgartiriş, ilgarigidek ruxsatnomasiz amalga oşiriladi.

Bundan oldin, «tonirovka» böyiça hukumat qarori qabul qilingani, yangi narxlar belgilangani xabar berilgandi.