Vazirlar Mahkamasining “Tusi özgartirilgan (qoraytirilgan) oynali avtotransport vositalaridan foydalanişni tartibga soliş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi qarori qabul qilindi. 

Belgilanişiça, mazkur qaror qabul qilingunga qadar amalda bölgan tölov stavkalari böyiça 2019 yil 1 yanvardan oynalarning tusini özgartiriş (qoraytiriş) uçun olingan ruxsatnomalarning amal qiliş muddati mazkur qarorga muvofiq joriy etiladigan yangi tölov stavkalariga mutanosib ravişda uzaytiriladi. 

Qarorga muvofiq, “tonirovka” narxlari orqa oyna (lobovoy) uçun tekin, orqa yon oyna uçun esa quyidagiça narxlar belgilanadi:

jismoniy va yuridik şaxslarga – BHMning (bazaviy hisoblaş miqdori) 10 baravari (2 mln 230 ming söm);
xorijiy davlatlar yuridik şaxslariga  – BHMning 20 baravari (4 mln 460 ming söm).

Ilgari bu miqdor tegişliça jismoniy şaxslar uçun bazaviy hisoblaş miqdorining 90 baravari, yuridik şaxslar uçun 120 baravari, xorijiy yuridik şaxslari uçun 140 baravarini taşkil etgan.

Old va orqa yon oynalar uçun (barça yon oynalar):

jismoniy va yuridik şaxslarga – BHMning 50 baravari (11 mln 150 ming söm);

xorijiy davlatlar yuridik şaxslariga – BHMning 80 baravari (17 mln 840 ming söm).

Içki işlar organlari tonirovkaga ruxsat berilganligi töğrisida maxsus emblema (gologramma) beradi va haydovçilar uşbu gologrammani old oynalarga yopiştirib yurişlari lozim.

2 oy muddatda tonirovka uçun belgilangan jarimalar miqdori tonirovka uçun tölov stavkalariga teng bölgan miqdorda (hozir 5 mln 575 ming söm edi) özgartirişni nazarda tutuvçi qonun loyihasi işlab çiqiladi.

Otabek Umarov: «Avtoulov «tonirovka»si xavfsizlik masalalarini hal qilişda va ta'minlaşda bizga tösiq bölolmaydi. Uşbu masala körib çiqilmoqda»