«Barselona» hujumçisi Lionel Messi Argentina milliy jamoasi öyinlaridan uzoq muddatga çetlatildi.
AS xabariga köra, KONMeBOL futbolçini 3 oy muddatga diskvalifikatsiya qildi. Uning muddati 2 avgustdan boşlab hisoblanadi. Natijada Messi 2019 yil noyabr oyining boşigaça Argentina milliy jamoasi öyinlarida iştirok etolmaydi.
Jazo çoralari futbolçining Amerika Kubogidagi xatti-harakatlari bilan boğliq. Argentina milliy jamoasi bronza medallarini qölga kiritgan, ammo hujumçi taqdirlaş marosimida iştirok etişdan boş tortgan, şuningdek, jamoasining finalga çiqolmaganiga hakamlar va korrupsiya sabab bölganini aytgan edi.
Dastlab Messi 1,5 ming dollar miqdorida jarimaga tortilib, 1ta öyinga diskvalifikatsiya qilingan edi.
Qayd qiliş joizki, Argentina milliy jamoasi yil oxiriga qadar faqat örtoqlik öyinlarini ötkazadi. Sentabr oyida «oq-havoranglilar» Meksika va Çili, oktyabrda Germaniya va Baskoniya viloyati, noyabrda Saudiya Arabistoni va Braziliya bilan bellaşadilar.












