Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy özidan avvalgi prezident Pyotr Poroşenko kabi maoş olmoqda. Bu haqda “Gromadske” naşri xabar qildi. 

Jumladan, Zelenskiy iyunda prezident lavozimida 28 ming grivna (rasmiy kurs böyiça 1100 dollar atrofida) miqdorida maoş olgan va undan 5460 grivna soliq tölagan.

“Ukraina prezidentiga iş haqining boşqa taşkil etuvçilari (ustamalar, mukofot pullari va boşqalar) örnatilmagan”, deb aytilgan xabarda.

Iyun örtasida Zelenskiyning prezident lavozimiga kirişgandan keyin olgan ilk maoşi 12,7 ming grivnani taşkil qilgani, undan 2,4 ming grivna uşlab qolingani ma'lum qilingan.

Ma'lumotlarga köra, Poroşenko 2018 yil prezident lavozimida 270,5 ming grivna işlab topgan. Bu qiymat töliqligiça xayriya jamğarmasiga ötkazib berilgan.