Bugun, 5 avgust kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Davlat test markazi boşqarma boşliği Barno Rajabov iştirokida test sinovlari töğrisida navbatdagi brifing bölib ötdi.
Unda aytilişiça, keça, 4 avgust kungi imtihonda qatnaşişi belgilangan 71 ming 340 nafar abituriyentdan 2 ming 259 nafari, guruh nazoratçilaridan esa 45 nafari test jarayonlarida iştirok etmagan. 17 nafar abituriyent hududga kirişda, 32 nafari binoda qoidani buzgani uçun sinovdan çetlaştirilgan.
Barno Rajabovning ta'kidlaşiça, taqiqlangan vositalarni hududga olib kirişga va imtihon vaqtida işlatişga urinayotganlar soni avvalgi yillarga nisbatan ança kam. Ammo abituriyentlar tomonidan bunday holatlarni bajarişga harakat qilayotganlar hamon kuzatilyapti.
«Hojatxonaga kirib, qaytayotgan paytda turli «şpargalka» va telefonlar bilan qölga tuşayotgan yoşlar ham afsuski bor. Bunday manzaralarga öz vaqtida barham berilyapti va noörin xatti-harakat qilgan abituriyentlarga nisbatan dalolatnomalar tuzilib, ular darhol jarayondan çetlaştirilyapti», deya uning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.









