Hindiston hukumati Jammu va Kaşmir ştatiga qöşimça 8 ming nafar harbiy xizmatçi kiritişni boşladi. NDTV telekanalining xabar berişiça, harbiy-transport samolyotlari ertalabdan hudud poytaxti Srinagar şahridagi aeroportga askarlarni taşimoqda.
Telekanalning bildirişiça, bu harbiylar Jammu va Kaşmirdagi 35 ming kişilik guruhni qöllab-quvvatlaydi. Şu bilan birga, ANI agentligining xabariga köra, Hindistondagi barça harbiy qismlar yuqori darajadagi jangovar tayyorgarlik holatiga keltirilgan.
Hindiston politsiyasi mintaqadagi ta'sirga ega partiyalar rahbarlarini uy qamoğiga taşlagan. Hibsga olinganlar orasida ştatning sobiq boş vaziri Mahbuba Mufti hamda hududiy parlamentdagi muxolifat rahbari Umar Abdulla bor.
Hindiston hukumati duşanba kuni konstitutsiyaning Jammu va Kaşmirga alohida maqom beruvçi 370-moddasini bekor qilişini e'lon qildi. Içki işlar vaziri Amit Şohning ma'lum qilişiça, Jammu va Kaşmir ştat maqomini yöqotadi va ittifoqçi hududga (ştatga nisbatan kamroq huquqlarga ega) aylanadi, tarixiy Ladakx viloyati undan ajralib çiqadi va u ham ittifoqçi hududga aylantiriladi.
Konstitutsiya böyiça Jammu va Kaşmir alohida muxtoriyatga ega bölib, markaziy hukumat tomonidan qabul qilingan barça qonunlar (mudofaa, taşqi işlar va ayrim sohalar bundan mustasno) mahalliy assambleya tomonidan ma'qullanişi lozim edi. Hindistondagi boşqa hududlar fuqarolari Kaşmirdan yer sotib oliş huquqiga ega emasdi. Ştat öz bayroği va boşqa qator imtiyozlarga ega.












