Kuni-keça audiosi tarqalgan prezident videoselektorida davlatimiz rahbari tomonidan aytilgan quyidagi sözlar alohida e'tiborga molik.

«Birovni işdan oliş bölsa, «advokat» bölasan, birovni jinoiy javobgarlikka tortiş bölsa, hammang «advokat» bölasan», — dedi prezident Xorazm viloyat hokimiga qarata.

Bu yerda advokat sözi qöştirnoqqa olinişi töğri, çunki Farhod Ermanov qişloq xöjaligi va iqtisodiyot mutaxassisi, uning örindoşlik asosida advokatlik qiliş huquqi yöq.

Bu holat köproq, ikki oy oldin Andijon viloyat hokimi Şuhratbek Abdurahmonovning Soğliqni saqlaş vaziri haqida aytgan gaplarini eslatadi:

«Anovi m***z vazirçang, i***s, keça menga kevolib, ketimga paxta qöyib, özi Andijondan çiqqan, boş prokurorga xat kirgizibdi... otasiga rahmat, boş prokuror (sobiq prokuror Otabek Murodov nazarda tutilyapti — mual.) menga «manavi vazir bilan gaplaşib oling, bunaqa xat qilyapti», deb aytdi».

Bu ikki holat, bir narsani, yuqorida juda köp masalalalar «köça tili»da hal bölayotganini anglatmayaptimi? Işdan olinişi mumkin bölgan, balkim jinoyat alomatlari bilan qölga tuşgan odamlarga oğzaki «advokatlik» qilinsa, Boş prokuror arznomani körib çiqiş örniga, «kelişib oliş»ni maslahat bersa, nimalar bölyapti?

«Uzr» yetarlimi?

Keçagi selektorda prezidentning aytgan gaplari yangi bir davrning boşlanişi bölişi kerak, zinhor, bugungi «uzrlar çellenji» bilan yakun topmasligi şart. Axir rostdan ham, Şavkat Miromonoviç aytganidek, hokimlarning juda köp işlari özboşimçalik, xalqni norozi qiliş va siyosatga xiyonatdan iborat bölsa, bu tört-beş kişining oldida, kamera qarşisida uzr sörab qöyiş bilan nuqta qöyiladigan vaziyat emas.

Biror iş uçun uzr sörattiriş bu axloqiy jazodir, lekin huquqiy asosga ega bölgan davlatlarda bunday xatolar eng kamida iste'fo bilan, köpgina holatlarda ma'muriy va jinoiy javobgarliklar bilan davom ettirilişi lozim bölardi. Aks holda, bunday boşboşdoqliklar yana davom etişi, hatto «senlarmi hali, meni internetda şarmanda qilib, uzr sörattirgan», deb, ahvol battarlaşmasligiga ham kafolat yöq.

Fikrimizça, prezidentning uzr söraş haqidagi körsatmasi köproq jamoatçilik uçun, ya'ni bu «snoslar» mamlakat siyosati darajasida emas, mahalliy qarorlar bilan amalga oşirilganini butun dunyoga ma'lum qiliş uçungina berilgan. Asosiy javobgarlik şu bilan qolib ketmasligi şubhasiz, zero, majlis davomida Şavkat Mirziyoyev boş vazirga qaysi hokimni böşatiş haqida taklif tayyorlaş böyiça ham topşiriq bergandi.