Islomobod Hindiston hukumatining Jammu va Kaşmir ştatining alohida maqomini bekor qiluvçi "noqonuniy harakati"ga qarşi barça javob çoralarini köradi. Bu haqda Pokiston TIV bayonotida aytiladi.

Avvalroq Hindiston prezidenti Ram Natx Kovind ştatning alohida maqomini bekor qiliş töğrisidagi farmonni imzoladi. Tegişli qonun loyihasi parlamentga taqdim etildi. 

"Hindiston hukumati tomonidan taşlangan bir tomonlama qadam bu maqomni özgartira olmaydi… Pokiston xalqaro bahsning iştirokçisi sifatida bu noqonuniy qadamga nisbatan qarşilikning barça varintlarini işga soladi", - deyiladi Pokiston taşqi işlar vazirligi bayonotida.

Avvalroq Pokistonning News gazetasi Islomobod Hindistonning Kaşmir maqomi böyiça qarori yuzasidan BMT Xalqaro sudiga murojaat qilişi haqida xabar bergandi.