Xalq deputatlari Şayxontohur tuman kengaşining “Şayxontohur tumanidagi geografik obekt nomlarini tartibga keltiriş töğrisida”gi qarori qabul qilindi. Bu haqda Kun.uz axborot manbasi xabar bermoqda.
Hujjatga köra, geografik obektlarni nomlaş va qayta nomlaş masalalari böyiça Şayxontohur tuman komissiyasining 2019 yil 22 iyul sanasida ötkazilgan yiğiliş bayoni bilan tasdiqlangan, Olmazor köçasidan “Paxtakor” futbol klubigaça bölgan nomsiz köçaga “Paxtakor-79” köçasi nomini beriş haqidagi taklifi ma'qullandi.


Geografik obektlarni nomlaş va qayta nomlaş masalalari böyiça Şayxontohur tuman komissiyasi (R.Qurbonov, E.Jörayev), Yer tuziş va köçmas mulk kadastri davlat korxonasi Şayxontohur tuman filiali (Ş.Mirsoatov), Şayxontohur tumani Obodonlaştiriş boşqarmasi (D.Bekbötayev):
belgilangan tartibda köçalar nomlari reyestriga özgartirişlar kiritilişi, köça nomi aks etgan nomlagiçlar örnatilişi hamda amalga oşirilgan işlar böyiça xalq deputatlari Şayxontohur tuman Kengaşiga axborot berilişi belgilab qöyildi.












