Fransiyalik himoyaçi Loran Koselnining «Arsenal»dagi 9 yillik faoliyati yakuniga yetdi. U vataniga qaytdi va «Bordo» bilan şartnoma imzolab, keyingi mavsum Yevropa ligasida qatnaşiş imkoniyatini saqlab qoldi.

«Transfer şartlari masalasida kelişuvga erişganimizdan söng uning «Bordo»ga ötişiga ruxsat berişga qaror qildik.
Loranga klubimiz rivojiga qöşgan hissasi uçun minnatdorçilik bildiramiz va kelgusidagi faoliyatiga omad tilaymiz», – deyiladi «töpçilar» matbuot xizmati xabarida.
«Arsenal» jamoa sardorining ketişi munosabati bilan uning klubdagi faoliyatiga bağişlangan qisqa video ham taqdim etgan.
🗓9️⃣ years
— Arsenal (@Arsenal) August 6, 2019
🔴3️⃣5️⃣3️⃣ appearances
🏆3️⃣ FA Cups
Bonne chance in France, @6_LKOSCIELNY pic.twitter.com/U3nAHCx9fO
Koselnining London klubi bilan şartnomasi tugaşiga bir yil qolgandi. OAV ma'lumotiga köra, transfer 5 mln yevro evaziga amalga oşgan.
Avvalroq himoyaçi özini tekinga qöyib yuborişlarini sörab, «Arsenal»ning AQŞ turnesiga borişdan boş tortgan edi. Xabarlarga qaraganda, klubning u bilan xayrlaşiş rejasi bölmagan, ammo Loran taklif etilgan yangi şartnoma loyihasiga könmagan.
Yakunda «Bordo» Koselnini qölga kiritiş uçun raqobatda «Renn» klubidan ustun kelgan.
Endilikda «Arsenal» payşanba kunigaça – transfer oynasi yopilgunça boşqa markaziy himoyaçi sotib olişga urinadi.












