Özbekiston Respublikasi Transport vazirligi Samarqand viloyati transport boşqarmasi tomonidan ayni paytda viloyatning tuman va şaharlarida 19 ta zamonaviy bekat quriş işlari davom etmoqda.

Vazirlik axborot xizmati xabariga köra, “Obod qişloq - 2019” dasturi doirasida içki avtomobil yöllarida jami 30 ta bekat qurilişi rejalaştirilgan bölib, ularni mustaqillikning 28 yillik şodiyonasiga qadar bitkaziş rejalaştirilgan. Mazkur bekatlar viloyat transport boşqarmasi tomonidan ajratilgan 623 million 753 ming söm mablağ evaziga qurilmoqda.

Hozirga qadar Paxtaçi, Narpay va Qöşrabot tumanida 3 tadan Nurobod, Oqdaryo, Bulunğur va Payariq tumanida 2 tadan hamda Kattaqörğon va Toyloq tumanida 1 tadan bekat quriş işlari davom etyapti.