Özbekiston Prezidentining 2018 yilning 25 yanvardagi «Umumiy örta, örta maxsus va kasb-hunar ta'limi tizimini tubdan takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi farmoni hamda 2018 yil 3 fevraldagi «Özbekiston Respublikasi oliy va örta maxsus ta'lim vazirligining örta maxsus, kasb-hunar ta'limi markazi faoliyatini takomillaştiriş töğrisida»gi qarorlari örta maxsus tibbiy ta'lim tizimidagi islohotlarni jadallaştirişga zamin yaratmoqda. Ayni paytda mazkur hujjatlar ijrosini ta'minlaş yuzasidan keng kölamli taşkiliy-huquqiy çora-tadbirlar amalga oşirilmoqda.
Uşbu hujjatlardan kelib çiqqan holda joriy öquv yilida tibbiyot kollejlariga öqişga qabul qiliş tartibi qanday böladi? Qabul jarayonida qanday yangiliklar közda tutilgan? Soğliqni saqlaş vazirligi Fan va ta'lim boş boşqarmasi mutaxassisi Lutfiya Yusupova şu kabi savollarga javob qaytardi.
«Tibbiyot kollejlari faoliyati tubdan isloh qilinib, öqiş muddati 3 yildan 2 yilga qisqartirildi. Ilgari tibbiyot kollejlariga örta maktablarning 9 sinf bituvçilari qabul qilingan bölsa, joriy 2019/2020 öquv yilidan maktablarning 11 sinf bitiruvçilari qabul qilinadi. Şuningdek, yangi «tibbiy-ijtimoiy işi» yönalişida ta'lim bir yarim yillik etib belgilandi. Endilikda yoşlarimiz tibbiyot kollejlarida hamşiralik işi, farmatsiya, tibbiy profilaktika işi, stomatologiya işi, feldşerlik işi, feldşerlik-laboratoriya işi, tibbiy-ijtimoiy işi kabi 7ta yönalişda malakali mutaxassis bölib yetişib çiqiş imkoniyatiga ega böldi», deydi u.
U tibbiyot kollejlariga yangi öquv yilida qanday kvotalar belgilangani va imtihon jarayoni qay tartibda ötkazilişiga oydinlik kiritgan.
«Ayni paytda bu haqda tegişli hujjat loyihasi işlab çiqildi. Unga asosan 2019/2020 öquv yili uçun ham hududlardagi tibbiyot kollejlarining ehtiyoji va qamroviga qarab davlat komissiyasi qarori asosida kvotalar ajratilişi rejalaştirilgan. Unga köra, agar öqiş istagini bildirgan abituriyentlar soni belgilangan kvotalardan oşib ketsa, qabul jarayoni imtihon asosida ötkaziladi. Tayyorlangan loyihaga köra, bunday holatlarda öquvçilar ta'limning uçta fan yönalişi — kimyo, biologiya, ona tili va adabiyot fanlaridan yozma şaklda imtihon topşiradi. Har bir fan uçun alohida-alohida imtihon kunlari belgilanadi. Yozma imtihon savollari davlat komissiyasi markazi xodimlari tomonidan tasdiqlangan bilet varaqalari körinişida bölib, öquvçiga uşbu yozma işlar uçun 2 soat vaqt ajratiladi. Imtihonning ertasi kuni javob varaqalari maxsus e'lonlar oynasiga ilib qöyiladi. Natijalarga köra, öqişga qabul qilingan öquvçilar davlat grantlari va tölov-kontrakt asosida ta'lim olişadi.
Abituriyentlar mutaxassisligi va kasbi, öqitiş tili, ta'lim muassasasini tugatgani töğrisidagi ma'lumotni körsatgan holda ta'lim muassasasi rahbari nomiga ariza, pasport yoki tuğilganlik haqidagi guvohnoma nusxasi, umumiy örta ta'limni tugatganlik haqidagi hujjatning asl nusxasi, 3,5-4,5 ölçamdagi 6ta fotosurat taqdim etişadi.
Bu yilda tibbiyot kollejlarida ikkinçi mutaxassislik uçun alohida örin ajratiş közda tutilmagan. Ammo ikkinçi mutaxassislik böyiça ta'lim oliş istagidagi fuqarolar, barça abituriyentlar qatori ajratiladigan kvotalar asosida belgilangan tartibda imtihon topşirişlari mumkin.
Joriy öquv yilidagi qabul jarayoni uçun barça tibbiyot kollejlarida qabul komissiyalari tuzilgan. Ota-onalar hamda öquvçilar qabul bilan boğliq barça savollarga qabul komissiyasi orqali batafsil ma'lumot olişlari mumkin. Şuningdek, Soğliqni saqlaş vazirligining Fan va ta'lim boş boşqarmasining (71) 241-16-91 telefon raqamiga murojaat qilişlari mumkin», deya Lutfiya Yusupovaning sözlarini keltiradi Soğliqni saqlaş vazirligi Jamoatçilik bilan aloqalar bölimining telegramdagi kanali.












