Yaponiyada ötgan hafta davomida issiq urişdan kamida 57 kişi vafot etdi, deyarli 20 ming kişi şifoxonaga tuşdi. Bu haqda Yaponiyaning favqulodda vaziyatlar vazirligi va tez yordam xizmati vazifalarini bajaruvçi öt öçiriş boş boşqarmasi xabar berdi.
Ta'kidlanişiça, ötgan hafta butun Yaponiya böylab kuçli issiq harorat kuzatilgan, ba'zi hududlarda u 39 darajaga yetgan.
Vafot etganlardan aksariyati keksa odamlar bölib, ular tejamkorlik maqsadida uylarida konditsionerlarni yoqmaydilar. Mamlakat mutasaddi idoralari aholini boş kiyimlari kiyib yuriş, köproq suyuqlik içiş va quyoşda uzoq vaqt qolmaslikka çaqirgan.
2018 yilda Yaponiyada rekord darajadagi issiq harorat sababli 150 dan köproq odam vafot etgandi, ön minglab odam şifoxonaga tuşgandi.

















