Mayamidagi «Xard Rok» öyingohida «Barselona» va «Napoli» örtasidagi örtoqlik bahsida 2:1 hisobida kataloniyaliklar ğalaba qozondi.
Öyindagi uçala golni ham «Barselona» futbolçilari kiritişdi. 18-daqiqada yarimhimoyaçi Serxio Buskets hisobni oçgan bölsa, 42-daqiqada himoyaçi Samyuyel Umtiti avtogol muallifiga aylandi. Hal qiluvçi gol 79-daqiqada yarimhimoyaçi Ivan Rakitiç tomonidan urildi.
Bu öyin «Napoli» uçun mavsumlar oraliğidagi 5-örtoqlik öyinidir. Karlo Ançelotti jamoasi ularning 2tasida ğalaba qozonişgan bölsa, yana 2ta öyinda mağlubiyatga uçraşgan, 1 öyin durang bilan yakunlangan. «Barselona» esa hozirça 4ta öyin ötkazdi. Ularning uçtasida ğalabaga erişib, 1tasida mağlub böldi.












