7 avgust kuni Toşkent şahridagi «Özbekiston» sport majmuasida oliy öquv yurtlariga kiriş davlat test imtihonining navbatdagi kuni bölib ötdi. Unda 1940 yilda tavallud topgan abituriyent – Nikolay Staxanov ham imtihon topşirdi, deb xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.

Bundan taşqari, uşbu binoda bölib ötayotgan test imtihonlari vaqtida test topşiriş qoidalarini buzgan 4 abituriyent imtihonlardan çetlaştirilgan. Xususan, ularning ikki nafarida mobil qurilmadan foydalaniş uskunalari topilgan. Ikki abituriyent boşqa bir abituriyent örniga kirişga uringan. 

Quyidagi 7 avgust kungi test jarayonidan olingan fotosuratlar bilan tanişişingiz mumkin.