7 avgust kuni Quyiçirçiq tumani hokimligi binosida adliya vaziri örinbosari X.Meliyev tomonidan tuman aholi uçun navbatdagi sayyor qabul taşkil etildi. Unda sudlar, prokuratura, xalq ta'limi, soğliqni saqlaş, içki işlar, moliya, bandlik va boşqa qator idoralar rahbarlari, boşqarma va taşkilotlar vakillari iştirok etdi.
Qabulda turli xil muammo va huquqiy masalalarga yeçim izlab kelgan 180 dan ortiq fuqarolar iştirok etdi hamda ulardan jami 118 ta murojaat, jumladan 1 ta jamoaviy murojaat kelib tuşdi.
Murojaatlarning aksariyatini özboşimçalik bilan qurilgan imoratlarga egalik huquqini oliş, kasalligi böyiça tibbiyot muassasalariga, sihatgohlarga yöllanma ajratilişi, kommunal soha, yöl qurilişi, kompensatsiya ajratiş, sud va huquqni muhofaza qiluvçi idoralar xodimlarining harakatlaridan norozi bölib qilingan murojaatlar taşkil etdi.
Kelib tuşgan murojaatlarning 59 tasi şu kunning özida qanoatlantirildi.
Şuningdek, qabul jarayonida 17 nafar fuqaroning mutaxassisligi böyiça işga joylaşişi ta'minlandi.
Şu bilan birga, 15 nafar fuqaroga kasalligi böyiça tibbiyot muassasalarida imtiyozli asoslarda davolaş uçun orderlar ajratilgan bölsa, viloyatda faoliyat yurituvçi “Ijtimoiy himoya” nodavlat notijorat taşkiloti mablağlari hisobidan ijtimoiy himoyaga muhtoj bölgan 5 nafar şaxsga nogironlik aravaçasi, 5 nafar fuqaroga eşitiş moslamasi topşirildi.
Qabulda kelib tuşgan qolgan 59 ta murojaat böyiça tegişli mas'ullar biriktirilib, murojaatlarning ijrosi nazoratga olindi.



























