Özbekiston Respublikasi boş prokurori Niğmatilla Yöldoşev tadbirkorlikni jadal rivojlantiriş, böş bino va işlab çiqariş maydonlaridan samarali foydalaniş va boşqa dolzarb vazifalar ijrosi, şuningdek, prokuratura organlarining faoliyati bilan tanişiş maqsadida Qaşqadaryo, Surxondaryo, Navoiy hamda Samarqand viloyatlarida böldi. Bu haqda Boş prokuratura matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Taşrif davomida tadbirkorlikni jadal rivojlantiriş uçun qulay muhit va şart-şaroitlar yaratiş, mavjud tösiq va muammolarni bartaraf etiş borasida 400 ga yaqin tadbirkorlik sub'yektlari bilan törttala hududda alohida uçraşuvlar taşkil etilib, sohaga mas'ul idoralar, ijro va nazorat organlari, tijorat banklari rahbarlari iştirokida oçiq muloqot ötkazildi.

Uçraşuvlarda asosiy e'tibor respublika darajasidagi muammolarga qaratildi.

Jumladan, muloqotlar davomida tadbirkorlar tomonidan kötarilgan kredit ajratiş, gaz va elektr ta'minoti, bino oliş, yer maydoni ajratiş, maktabgaça ta'lim muassasasini taşkil etiş, litsenziya va ruxsatnoma oliş bilan boğliq masalalarni tezkorlik bilan hal etiş çoralari körildi.

Böş binolar va işlab çiqariş maydonlaridan samarali foydalanişni taşkil etiş borasida hududlardagi idoralararo komissiyalar hisoboti eşitilib, mavjud kamçiliklarni bartaraf etiş böyiça tegişli vazifalar belgilab olindi.

Şu bilan birga, taşrif davomida Qaşqadaryo, Surxondaryo, Navoiy hamda Samarqand viloyatlari prokuraturalari faoliyati ham örganildi.

Örganiş natijalari, faoliyatni taşkil etiş, hududda qonuniylikni mustahkamlaş borasida yöl qöyilgan kamçiliklar prokuraturalarning kengaytirilgan hay'at majlisida barça tuman-şahar prokuraturalari xodimlari iştirokida tanqidiy muhokama qilindi.

Ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar, ayollar va voyaga yetmaganlar huquqlarini himoya qiliş, soğliqni saqlaş va tibbiy xizmat körsatiş sohasida qonuniylikni ta'minlaş, Özbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan 5 ta taşabbusni amalga oşirişga har tomonlama kömaklaşiş, tadbirkorlar huquqlarini muhofaza qiliş, “Obod qişloq”, “Obod mahalla”, “Yoşlar – kelajagimiz” va “Har bir oila tadbirkor” dasturlari ijrosi ustidan qat'iy nazorat olib boriş, jinoyatçilik va huquqbuzarliklarni barvaqt aniqlaş va oldini oliş borasida prokuratura organlari oldida turgan dolzarb vazifalar ijrosini taşkil etiş yuzasidan tegişli körsatmalar berildi.

Prokuratura organlariga yuklatilgan vazifalarni sidqidildan, sadoqat va mas'uliyat bilan bajariş, korrupsion illatlarning oldini olişga qaratilgan aniq çora-tadbirlar belgilandi.