Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qoraqalpog‘istonda jayronlarni otib o‘ldirgan brakonerlar hayvonot dunyosiga 100,3 mln so‘m zarar yetkazgan
Foto: Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasi
2019 yil 3 avgust kuni Taxtako‘pir tumani “Qo‘ng‘iratko‘l” ovul fuqarolar yig‘ini hududida, Taxtako‘pir tumanida yashovchi fuqaro X.Q. o‘zining “IJ-58” rusumli 12 kalibrli 2 stvolli ov miltig‘i bilan fuqarolar D.M., A.J. va M.T. bilan birga “Uaz-469” rusumli avtomashinada yoritqich uskunalar bilan foydalangan holda, noqonuniy ravishda O‘zbekiston Respublikasining “Qizil kitobiga” kiritilgan sut emizuvchilar turiga mansub bo‘lgan 3 dona jayronlarni ovlab, otib o‘ldirgan.
Bosh prokuratura xabariga ko‘ra, natijada mazkur shaxslar «Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida»gi Qonun hamda O‘zbekiston Respublikasi hududida «Ov va baliq ovlash qoidalari» talablarini buzib, O‘zbekiston Respublikasi hayvonot dunyosiga jami 100,3 mln so‘m zarar yetkazishgan.
Mazkur holat bo‘yicha Orol tabiatni muhofaza qilish prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda, deyiladi xabarda.
Bundan oldin, Qoraqalpog‘istonda brakonerlar Qizil kitobga kiritilgan jayronlarni otib o‘ldirgani ma'lum qilingandi.
Mavzuga oid
18:00 / 26.08.2025
Mo‘ynoqda otilib chiqqan katta bosimdagi gaz jilovlandi
18:23 / 22.08.2025
Nukus shahrida chang bo‘roni kuzatilmoqda
11:19 / 19.08.2025
Qoraqalpog‘istonda mayning uchun maxsus zona tashkil etilishi mumkin
07:42 / 16.08.2025