2019 yil 3 avgust kuni Qoraqalpoğiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qiliş qömitasi Ekologik nazorat inspektorlari tomonidan Taxtaköpir tumani hududida amalga oşirilgan navbatdagi reyd davomida brakonerlarning qonunga xilof ravişda jayron ovlab, qaytayotgani aniqlandi.

Taxtaköpir tumani «Qoӊyratkөl» OFYda fuqarolar M.D., T.M., A.J. hamda Q.Q. boşqaruvidagi UAZ-469 markali avtotransport tegişli tartibda töxtatildi. Bioxilma-xillik va muhofaza etiladigan tabiiy hududlar masalalari bölimi xodimlari tomonidan avtotransport tekşirilganda Özbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan 3 boş otib öldirilgan jayron, ov quroli borligi aniqlandi.

Foto: Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qiliş qömitasi

Tekşiriş davomida fuqaro Q.Q. ga tegişli bölgan IJ-58 2x12 kalibrli № R-05351-son ov quroli, projyektor, öq va öq qatorlar, 3 boş jayron aşyoviy dalil sifatida olindi.

Huquqbuzar şaxslar tomonidan hayvonot dunyosi obektlaridan foydalaniş, Özbekiston Respublikasi hududida ov qiliş sohasidagi qonunçilik talablari buzilgan bölib, hozirda tabiatga yetkazilgan zarar va jarima miqdori aniqlanmoqda.

Tekşiriş yakunlari töğrisidagi batafsil ma'lumotlar qöşimça e'lon qilinadi, deyiladi qömita xabarida.