Özbekistonda tijorat banklari çet el valutasini sotib oliş kursini keskin kötardi.

Xususan, «Asakabank»da dollarni sotib oliş narxi 8840 söm, sotiş narxi 8900 sömni taşkil etmoqda. «Aloqabank» valuta ayirboşlaş punktlarida dollarni sotib oliş narxi 8840 söm, sotiş esa 8880 sömga teng.

«Hamkorbank»da dollarni sotib oliş narxi 8840 söm, sotiş - 8900 söm.

«Kapitalbank» rasmiy veb-saytida dollarni sotib oliş narxi 8840 söm, sotiş narxi 8900 söm ekani körsatilgan. Şu bilan birga, uşbu bankning mobil ilovasida bir dollarni 8900 sömga sotib oliş mumkinligi körsatilgan.

Eslatib ötamiz, Özbekiston Respublikasi Markaziy banki 6 avgustdan xorijiy valutalarning sömga nisbatan yangi qiymatini belgiladi. Unga köra, 1 AQŞ dollari ötgan haftadagi kursga nisbatan 38,16 sömga kötarilgan va 1 dollar 8704,87 sömga yetgan. Bu ilk bor rasmiy kurs 8700 sömlik nuqtadan oşişi böldi.