Hindistonning Rajastxon shtati Jaysalmer shahri yaqinidagi dala-o‘quv maydonida bo‘lib o‘tayotgan “Qo‘shin razvedkasi a'lochilari – 2019” musobaqasining dastlabki uchta bosqichi – “Suqulib kirish va pistirma”, “Mexanik-haydovchilar musobaqasi”, “Razvedkachi so‘qmog‘i”ning kompleks to‘siqlarini yengib o‘tish” bo‘yicha bahslari bo‘lib o‘tdi.
Ta'kidlash lozimki, uchinchi bosqichdan so‘ng O‘zbekistonlik razvedkachilar yuqori o‘rinlardan birini egallab turibdi.
O‘zbekistonlik razvedkachilar jamoasi rahbari podpolkovnik Vyacheslav Lakotaning ta'kidlashicha, Hindiston tomoni ushbu bosqich uchun 3 km dan ortiqroq masofada maxsus qiyin to‘siqlar yo‘lagini tayyorlagan. Jumladan, 1,3 kilometrli birinchi aylanani razvedkachilar to‘la jangovar ekipirovkada tezlik bilan yugurib o‘tishdi, keyingi aylanada esa 22 ta to‘siqlar yengib o‘tildi.





Shuningdek, ular o‘tgan yillarda musobaqa bo‘lib o‘tgan Novosibirsk shahridagi dala-o‘quv maydonida mavjud bo‘lmagan – panjara (kechuv), qo‘l zinasi, “W” shaklidagi devor, zinali baland sim yog‘och, osma ko‘prik, balansirli orol bunker kabi to‘siqlardan o‘tib, tashlandiq uyda qidiruv vazifasini bajarishgan.
















