“Foriş” poligonida Özbekistonda ilk bor ötkaziladigan “Xalqaro armiya öyinlariga” tayyorgarlik jarayonlari qizğin davom etmoqda. Bu haqda Kun.uz’ga Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti xabar berdi.

Eslatib ötamiz, joriy yilning avgust oyida ötkaziladigan “ArMI – 2019” xalqaro musobaqalarining “Harbiy-tibbiy estafeta” yönalişi Jizzax viloyatida joylaşgan “Foriş” poligonida ötkaziladi.

“ArMI – 2018” öyinlari Ozarboyjon, Armaniston, Belarus, Eron, Qozoğiston, Xitoy va Rossiya kabi davlatlarda 28 yönaliş böyiça ötkazilgan bölib, unda dunyoning 32 mamlakatidan kelgan harbiy jamoalar iştirok etgan edi.

Unda Özbekiston Mudofaa vazirligi harbiy xizmatçilari 12 yönaliş böyiça iştirok etib, umumjamoa hisobida 6-örinni egallagan. Şuningdek, mamlakatimiz harbiy jamoasi a'zosi tibbiy xizmat kapitani Larisa Xolmamatova ötgan yilgi öyinlarda “Harbiy-tibbiy estafeta” yönalişining harbiy şifokorlar örtasidagi “Maxsus könikmalar” bellaşuvida, yakkalik bahsda ikkinçi örinni qölga kiritgan edi. 

Ayni vaqtda “Foriş” toğ-dala öquv maydonida mezbon jamoa iştirokçilari musobaqaga qizğin tayyorgarlik körmoqda. 

Musobaqa uçun yaratilgan barça şaroitlar, jumladan, eng sönggi rusumdagi texnikalar jalb etilişi, real şaroitga yaqinlaştirilgan sun'iy jang maydonining taşkil etilganligi, iştirokçilarning puxta tayyorgarlik körişiga xizmat qilmoqda.