Qirğizistonlik kuraşçilar Tbilisida ötgan yunon-rum kuraşi böyiça xalqaro turnir finalida bir-biriga qarşi kuraşişdan boş tortdi.

Uşbu holat videosi YouTube’da e'lon qilingan. 

66 kggaça vazn toifasi final bahsi 9 avgustda ötişi kerak edi. Matga qirğizistonlik ikki kuraşçi - Kanibek Jolçubekov va Jolaman Şarşenbekov çiqişgan. Videoda Şarşenbekov ğalabani Jolçubekovga berişni iltimos qilganini köriş mumin. Natijada uning iltimosi bajarilgan.

Bu sportçilar avvalroq boşqa bir turnirda özaro bellaşişlariga töğri kelgan va öşanda 20 yoşli Şarşenbekov 30 yoşli Jolçubekovga mağlub bölgan.

Kanibek Jolçubekov talabalar orasida jahon, Osiyo çempioni, ikkita Osiyo öyinlari kumuş sovrindori, bir qator xalqaro musobaqalar ğolibi hisoblanadi.

Jolaman Şarşenbekov esa jahon çempionatida kumuş medal qölga kirita olgan Qirğiziston tarixidagi ikkinçi kuraşçi bölib, Osiyo çempionatlari sovrindoridir.