2019 yilning 11 avgust kuni soat 14:05da Xiva şahar “Sangar” MFY Elobod köçasidagi 9, 11 va 7-uylarda yonğin sodir bölayotganligi haqida yonğin-qutqaruv xizmatiga xabar kelib tuşgan.

Özbekiston Respublikasi FVV YoXBB OAV bilan hamkorlik qiliş bölinmasi ma'lumotida aytilişiça, xabar asosida voqea joyiga 6 ta yonğin öçiriş bölinmalari jalb etilgan. Bölinmalar voqea joyiga soat 14:20da yetib borgan. Körilgan tezkor harakatlar natijasida yonğin soat 14:50da qurşab olingan va 15:22da töliq öçirilgan. Yonğinda insonlarni halok böliş va tan jarohati oliş holatlari qayd etilmagan. 

Foto: FVV YoXBB matbuot xizmati

Yonğin oqibatida 9-uyning 160 kv.m. maydonda tomi, şifti va uy-jihozlari hamda 11-uyning 40 kv.m. maydonda va 7-uyning 20 kv.m. maydonda tom qismi yonib zararlangan. Körilgan tezkor harakatlar natijasida yonğindan uylarning 450 kv.m. maydoni saqlab qolingan. 

Foto: FVV YoXBB matbuot xizmati

Yonğinni qöşni uylarga tarqalişiga uylarni qurişda yonğinga qarşi oraliq masofalar inobatga olinmagan yoki yonğinga qarşi devorlar qurilmaganligi sabab bölgan. Hodisa sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.