Harbiy-ma'muriy sektorlarni rivojlantiriş jamğarmasi mablağlarini şakllantiriş va ulardan foydalaniş tartibi töğrisidagi nizom tasdiqlandi. Bu haqda Norma xabar bermoqda.
 
Jamğarma 2018 yil avgust oyida taşkil etilgan. Unga Qoraqalpoğiston budjeti, viloyatlar va Toşkent şahri mahalliy budjetlari daromadining oşirib bajarilgan prognoz körsatkiçlari böş qoldiqlari summasidan 10%gaça miqdordagi ajratmalar ötkaziladi. Ajratmalar I-III çoraklar yakunlari böyiça budjetlar daromadining oşirib bajarilgan böş qoldiqlari aniqlangandan söng hisobot çoragidan keyingi oyning 25-kunidan keçikmay ötkaziladi.
 
Ajratmalar summasining yarmi Moliya vazirligining alohida şaxsiy ğazna hisobvarağiga tuşadi va keyinçalik Mudofaa vazirligi bilan kelişgan holda taqsimlanadi. Ikkinçi yarmi esa Mudofaa vazirligi bilan kelişgan holda xarajatlarni moliyalaştiriş uçun Qoraqalpoğiston Vazirlar Kengaşi va hokimliklarning şaxsiy ğazna hisobvaraqlarida qoldiriladi.
 
Pul mablağlari Jamğarma hisobvarağiga ötkazilgandan söng, biroq hisobot çoragi yakunlanganidan keyin 45 kundan keçikmay ötkazilgan pul mablağlarining miqdori töğrisida mudofaa idorasiga xabar qilinadi.
 
Jamğarma mablağlari:

• harbiy qismlar, bölinmalar va muassasalarda rejalar (“yöl xaritalari”) tadbirlarini va boşqa muhim loyihalarni moliyalaştiriş;
• harbiy şaharçalar va poligonlar infratuzilmasi obektlarini zamonaviy talab va standartlarni hisobga olgan holda takomillaştiriş va rivojlantiriş, kapital quriş, rekonstruksiya qiliş va ta'mirlaş;
• harbiy qismlar, bölinmalar va muassasalarning moddiy-texnika bazasini mustahkamlaş;
• harbiy xizmatçilarning oila a'zolari uçun yangi uy-joylar, bolalar boğçalari va öyin maydonçalarini quriş, mavjud turar joy fondini ta'mirlaş, şuningdek, uy-joy kommunal xöjaligi, energiya, suv va issiqlik ta'minoti, transport qatnovi sohasidagi masalalarni hal etiş;
• respublikaning hozirgi zamon tarixi milliy qahramonlari xotirasini abadiylaştiriş, ularning oilalariga ma'naviy va moddiy yordam körsatiş;
• seminarlar, davra suhbatlari, konferensiyalar, amaliy maşğulotlar, treninglar, şuningdek, madaniy-ommaviy va boşqa tantanali tadbirlarni taşkil etiş va ötkaziş  uçun sarflanadi.