UNICEF’ning Özbekistondagi vakolatxonasi va Jurnalistlarni qayta tayyorlaş markazi hamkorligida Samarqandda ötkazilgan tadbirda viloyatda qizamiq epidemiyasi tarqalganligi töğrisidagi xabarlarga aniqlik kiritildi.
Tadbirga taklif etilgan viloyat davlat sanitariya-epidemiologiya markazi boş vraçi örinbosari Zulfiya Qöçqorova holat yuzasidan izoh berdi.
«Bir neça kundan beri Samarqandda epidemiya tarqalgani — qizamiq kasalligi bilan yotqizilganlar soni yuzlab ekani ta'kidlanmoqda. Gap şundaki, aslida 371 nafardan ortiq bemor bilan qizamiq uçun tahlil ötkazilgandi va bu haqda jamoatçilikka xabar berilgandi. Bu xabar «Samarqandda qizamiqqa çalingan bemorlar soni 371 ta ekan», qabilida tarqatib yuborildi. Holbuki, yuqoridagi tahlil natijalaridan söng viloyatda jami 29 nafar bemor qizamiqqa çalingani aniqlandi.
Şu tarzda 2019 yil yanvardan 5 avgustgaça bölgan muddatda Samarqand viloyatida 29 nafar kişida qizamiq kasalligi aniqlangan. JSSTning xulosasiga köra, mamlakatimizga qizamiq virusi boşqa davlatlardan kirib kelganligi tasdiqlandi. Yurtimizda har bir fuqaro qizamiqqa qarşi emlanadi», dedi Zulfiya Qöçqorova.
Şuningdek, UNICEF’ning Özbekistondagi vakolatxonasi tomonidan ayni vaqtda yurtimizdagi umumiy epidemik vaziyat haqida ham axborot berildi. Unga köra, karantin va öta xavfli yuqumli kasalliklar, poliomiyelit, difteriya, qoqşol kasalliklari qator yillar mobaynida qayd etilmagan. Vakolatxona vakili Nargiza Egamberdiyevaning Kun.uz muxbiriga taqdim etgan ma'lumotiga köra, Özbekistonda:
· Har yili 2,5 milliondan ortiq bolalar emlanadi;
· Emlaş qamrovi 95 foizdan yuqori körsatkiçlarda;
· Immunizatsiya bepul, majburiy va qulay;
· 3000 dan ortiq emlaş punktlari mavjud;
· JSST va UNICEF bilan hamkorlikda vaksinalar bilan uzluksiz ta'minlaş, sovuqlik zanjiriga rioya etiş yölga qöyilgan.












