Rossiya Premer-ligasining 5-turida «Rostov» «Krilya Sovetov»ni qabul qilib, 1:0 hisobida ustun keldi. G‘alaba goliga 33-daqiqada Eldor Shomurodov mualliflik qildi.
Bu g‘alaba bilan rostovliklar musobaqa jadvalida 2-o‘ringa ko‘tarilgan bo‘lsa, jamoaning o‘zbekistonlik hujumchisi to‘purarlar ro‘yxatida Artyom Dzyuba («Zenit») va Aleksandr Sobolevga («Krilya Sovetov») yetib oldi. To‘rtala golini ham o‘yindan kiritgan Eldor bitta golini penaltidan urgan raqiblaridan oldinda bormoqda.
Shomurodov o‘yindan keyingi intervyusida golini «Paxtakor-79» xotirasiga bag‘ishlaganini aytdi.
«Menga barcha gollarim yoqadi, ayniqsa, jamoam g‘alaba qozonganda. Shuning uchun, «Krilya» darvozasiga urgan golim ham ahamiyatli.
Gol urilgan vaziyatda Ionov ajoyib harakat qildi – to‘pni yaxshi uzatdi. Xorik Bayramyan to‘pni menga o‘tkazib yubordi, men esa oyog‘imni qo‘yishga ulgurdim. Men uchun gol urish juda muhim. Men hujumchiman, gol urish – mening ishim.
Golni «Paxtakor-79» xotirasiga bag‘ishlayman», – deya Eldorning so‘zlarini keltirdi «Match TV».

Rossiya chempionatining yangi mavsumi kashfiyotlaridan biri sifatida ko‘rilayotgan 24 yoshli hujumchiga endilikda «Galatasaroy» ham befarq emasligi ma'lum bo‘ldi.
Futbol sharhlovchisi Nobel Arustamyanning xabar berishicha, Istanbul klubi skautlari «Rostov»-«Krilya Sovetov» o‘yini paytida mezbonlar hujumchisi Eldor Shomurodov va RPLda porlayotgan boshqa bir kashfiyot – «Krilya Sovetov» hujumchisi Aleksandr Sobolevni kuzatishgan.
«Hamkasblarim efir paytida Rostovga Turkiyadan skautlar kelganini aytishdi, ammo aynan qaysi futbolchilarni kuzatgani kelishganini aniqlab berishmadi. Qo‘shimcha qilaman, «Galatasaroy» skautlari Sobolev va Shomurodovni kuzatishgan. Ammo turklar hozir o‘zbekistonlik hujumchini sotib olisholmaydi, chunki Eldorning narxi juda qimmat. «Rostov» hujumchisini sotmoqchi emas», – deb

















