Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov Aurus qatoriga kiruvçi maşinalarni sotib oliş istagini bildirdi. Bu haqda Turkmaniston rahbari Turkmanboşida ötayotgan Kaspiy iqtisodiy forumida Rossiya tomonidan taşkillaştirilgan lyuks avtomobilning taqdimotidan keyin aytdi.
Berdimuhamedov “Aurus Senat” kabrioleti bilan tanişgan va şunday maşinani öz davlatida paradlarda qöllaş uçun buyurtirgan. Maşinani Berdimuhamedovga Rossiya boş vaziri Dmitriy Medvedev taniştirgan.
Bir kun avval esa Berdimuhamedov qora rangdagi “Aurus Senat” bilan taniştirilgandi.
Turkmaniston prezidenti Medvedev bilan suhbatda maşinaning oq rangiga e'tibor qaratgan. Gap şundaki, 2018 yil yanvardan Turkmanistonda oq rangdan boşqa rangdagi maşinalardan foydalaniş taqiqlagan.

Medvedev Turkmaniston yetakçisiga uşbu modeldagi avtomobilni 2021 yilda Turkmaniston mustaqilligining 30 yilligi munosabati bilan ötkazilajak paradda qöllaşni taklif qilgan. “Ikki yilda maşinani tayyorlaşga ulgura olasizmi?”, deb qiziqqan Berdimuhamedov Rossiya sanoat va savdo vaziri örinbosari Viktor Yevtuxovdan. Aynan Yevtuxov maşinaning közdan keçirilişi vaqtida delegatsiyalarni qiziqtirgan savollarga javob bergan. Yevtuxov uşbu muddatda maşina tayyor qilinişiga va'da bergan.
Turkmaniston yetakçisi avtomobilning çiroyli körinişi, yaxşi saloni, katta radiator panjarasini ustun jihatlariga kiritgan.
“Xavfsizlik, tez yordam uçun, agar kerak bölsa mototsikletlarini, butun komplektni sotib olgan bölardik”, deb aytgan Berdimuhamedov.

Ayni vaqtda Aurus uçta kuzov turi – sedan, limuzin va miniven körinişida işlab çiqariladi. Rossiya mudofaa vazirligining maxsus buyurtmasiga köra uçta kabriolet ham tayyorlangan.











