Biroz avval Xorazm viloyati Urganç şahrida istiqomat qiluvçi fuqarolar şaharda bölayotgan «snos» masalasida muammolarga duç kelişgani haqida sayt tahririyatiga murojaat qilişgandi.

Murojaatçilardan biri Humoyun Maşaripov bir neça yillar davomida tadbirkorlik faoliyati bilan şuğullanib kelgan. Uning dökoni joylaşgan köçada aholi uçun jome masjidi qurilişi rejalaştirilgan. Masjid atrofida obodonlaştiriş va quriliş işlari boşlangan. Şu sababli hokimlik vakillari 2017 yilning iyul oyida tadbirkor dökoni ham «snos»ga tuşgani haqida ogohlantiriş xatlari berişgan.

Humoyun Maşaripov

Ikki örtada kelişuv bitimi tuzilgan. Unga köra, dökon qiymati va uning örni joylaşgan yer hisobga olinib, tadbirkorga Amudaryo köçasi hududidan 100 kvadrat metr maydon ajratilişi belgilab qöyilgan. Oradan ikki yil ötgan bölsa ham tadbirkorga na kompensatsiya va na şartnomada belgilanganidek yer ajratilgan. Tadbirkorning murojaat qilmagan taşkiloti qolmagan. Şahar hokimining qabuliga bir neça marta borişiga qaramay Şuhrat Abdullayev uni qabul qilmagan.

Ikkinçi murojaatçi esa Urganç şahar Yoğdu köçasida yaşovçi Baxtiyor Vapoyev. Uning aytişiça, u yaşab turgan uy 2012 yilning 6 dekabrdagi prezident dasturiga tuşgan va ularga uylari tez orada buzilişi haqida 2014 yilning boşida ogohlantiriş xatlari berilgan. Oradan şunça vaqt ötganiga qaramay, uy na buzilgan va na hokimiyat bilan kelişuv bitimi tuzilgan. Uning uyi atrofidagi uylar «snos»ga tuşib aksari buzib taşlangan. Hokim qabuliga borgan çoğida Şuhrat Abdullayev tadbirkorga uy albatta buzilişini ma'lum qilgan. Şunday bölsa-da, şahar hokimi Vazirlar Mahkamasining 97-sonli qaroriga amal qilmay, kelişuv şartnomasiga imzo çekmay kelmoqda. Uy buzib taşlansa, Vapoyevning borar joyi yöq. U albatta, oçiq osmon ostida yaşaşni maqsad qilmagan.

Baxtiyor Vapoyev