Pokiston taşqi işlar vaziri Şox Mahmud Qurayşiy BMTga Hindistonning Jammu va Kaşmir böyiça xatti-harakatlari yuzasidan Xavfsizlik kengaşining favqulodda yiğilişini ötkaziş iltimosi bilan maktub yölladi. 

Qurayşiyning aytişiça, Hindiston bir tomonlama tarzda uşbu hududning demografik strukturasini özgartirişga harakat qilmoqda, Kaşmir xalqining asosiy huquqlari, jumladan öz taqdirini özi belgilaş huquqini buzmoqda. Pokiston taşqi işlar vaziri, şuningdek, yiğilişda Pokiston hukumati vakiliga iştirok etişga ruxsat berilişini söragan.

Hindiston prezidenti Ram Natx Kovind 5 avgustda Jammu va Kaşmir ştatining maxsus maqomini bekor qiliş haqidagi farmonni imzolagandi. Unga köra, ştat örnida kamroq huquqlarga ega bölgan ikkita ittifoqdoş hudud taşkil etiladi. 

Hindistonning Kaşmirda yaşovçi musulmon ozçiligini qöllab-quvvatlovçi qöşni Pokistonda uşbu qarorga qarşi çiqilgan.