13 avgust kuni Xorazm viloyatining köhna va navqiron Xiva şahrida an'anaviy «Qovun sayli» festivali boşlandi.

Unda viloyatning barça tumanlaridan kelgan mirişkor dehqonlar, polizkor fermerlar, tomorqa yer egalari, agrosanoat sohasi korxonalari, davlat va jamoat taşkilotlari iştirok etib, «Gurvak – Xorazm qovunçiligining ramzi» körgazmasi doirasida öz mahsulotlarini namoyiş qilişdi.

Tadbirda Xorazm viloyati hokimi Farhod Ermanov, tumanlar hokimlari, davlat va jamoat taşkilotlari rahbarlari iştirok etişdi.



Festivaldan maqsad – hududga sayyohlar oqimini oşiriş, vohaning qadimiy polizçilik tajribasini, şirin-şakar qovun-tarvuzlar va boğdorçilik mahsulotlarining noyob tur va navlarini keng ommalaştirişdir.



Sayilda qovunlarning «Gurvak», «Qiliçboy beşak», «Qari qiz», «Tuya qovun», «Töyona», «Ola zamça», «Xorazm oq novvoti», «Kök gulobi», «Börikalla» kabi bir-biridan şirin önlab mahalliy navlari namoyiş qilindi. Bundan taşqari, turli meva-sabzavotlar, poliz ekinlari, qandolat va asalariçilik, hunarmandçilik, çorvaçilik va baliqçilik mahsulotlari körgazmasi ham taşkil etildi.


















