Vazirlar Mahkamasining “Özbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qöriqlaş bölinmalari tomonidan jismoniy va yuridik şaxslar mol-mulki hamda obektlarini qöriqlaş borasida körsatiladigan xizmatlar tariflarini belgilaş metodikasini tasdiqlaş töğrisida”gi qarori qabul qilindi.

Qayd etilişiça, Vazirlar Mahkamasining “Özbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qöriqlaş xizmatining faoliyatini taşkil etiş töğrisida” 2019 yil 3 iyuldagi 555-son qaroriga muvofiq Özbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi tomonidan körsatiladigan qöriqlaş xizmatlarining tariflari Özbekiston Respublikasining Davlat budjeti hisobidan moliyalaştiriladigan budjet taşkilotlari uçun - Özbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qömondoni tomonidan Özbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelişilgan holda, boşqa taşkilotlar uçun - Özbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qömondoni tomonidan mustaqil belgilanişi nazarda tutilgan.

Özbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qöriqlaş bölinmalari tomonidan jismoniy va yuridik şaxslar mol-mulki hamda obektlarini qöriqlaş borasida körsatiladigan xizmatlar tariflarini belgilaş metodikasi tasdiqlandi.

Özbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qöriqlaş xizmati tariflarini işlab çiqişda Özbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qöriqlaş bölinmalari tomonidan jismoniy va yuridik şaxslar mol-mulki hamda obektlarini qöriqlaş borasida körsatiladigan xizmatlar tariflarini belgilaş metodikasiga amal qiladi.

Özbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qöriqlaş bölinmalari tomonidan jismoniy va yuridik şaxslar mol-mulki hamda obektlarini qöriqlaş borasida körsatiladigan xizmatlar tariflarini belgilaş metodikasiga köra, jismoniy va yuridik şaxslar mol-mulki hamda obektlarini qöriqlaş böyiça körsatiladigan xizmatlar, şuningdek, şartnoma asosida mol-mulk qöriqlovini ta'minlaş bilan boğliq boşqa xizmatlar tariflari qöriqlaş xizmatining har bir turi böyiça belgilanadi:

saf bölinmalari naryadlari bilan qöriqlaş; 
harbiylaştirilgan bölinmalar bilan qöriqlaş; 
erkin yollangan qorovullar bilan qöriqlaş; 
texnik vositalar yordamida qöriqlaş (texnik qöriqlaş).

Qöriqlaş bölinmalari tomonidan körsatiladigan qöriqlaş xizmatlarining tariflarining xizmat tannarxiga kiritilgan sarf-xarajatlar, davr xarajatlari, moliyaviy faoliyat böyiça xarajatlar, soliq va boşqa majburiy tölovlar böyiça xarajatlar yiğindisidan kelib çiqib hisoblanadi.

Asosiy vositalarning eskirişi amortizatsiya ajratmalari hisobidan qoplanadi.