Bayramlar arafasida xavfsizlikni ta'minlaş uçun çegaralarni yopiş, ayniqsa, poytaxtga keluvçilarga nisbatan çeklov örnatiş kabi çoralar qöllanib kelingan. Bu qançalik töğri va bu amaliyot hozir ham mavjudmi? 

Bu savolga javob topiş hamda Mustaqillik ayyomida osoyiştalikni ta'minlaş borasida qilinayotgan işlar haqida ÖzA muxbiri Özbekiston Respublikasi Içki işlar vazirining örinbosari Muhiddin Jörayev bilan suhbatlaşdi.

– Haqiqatan ham nafaqat bayramlarda, boşqa paytlarda ham ehtiyot çoralarini haddan ziyod kuçaytirib kelingan. Bu bir qaraşda qobiqqa öraliş, boşqaça aytganda, kosa tagiga bekinib olişga ham öxşagan. Afsuski, bu amaliyot töğri bölmaganini erkinlaştiriş siyosati yaqqol körsatdi. Yaqin qöşnilar bilan hamkorlik aloqalarining kuçaytirilgani, yopib taşlangan çegara postlarining oçilib, fuqarolar, tadbirkorlarning bemalol ötib-qaytişi yölga qöyilgani nafaqat turizmning, balki ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanişda muhim rol öynamoqda.

Birgina qöşni davlatlar bilan bemalol bordi-keldi qilayotganimiz natijasida yurtimizga kirib keluvçilar soni kuniga ikki mingga yaqinni taşkil etmoqda. Ularning asosiy qismi turistlar bölib, ular tomonidan qöpol qonunbuzarlikka yöl qöyiş keyingi bir yilda umuman qayd etilmadi. Xususan, qöşni Tojikiston Respublikasi bilan ana şunday emin-erkin bordi-keldi yölga qöyilganda köpçilik xavf paydo bölişidan qörqqani sir emas. Ammo çetdan kirib kelayotgan şaxslar içida Özbekistonga buzğunçilik niyatida kelgan yoki terroristik xavf tuğdiruvçi birorta ham şaxs qayd etilmadi.

Bayram arafasida poytaxtga kirib keluvçilarga çeklov örnatiş amaliyoti ham mavjud edi haqiqatdan. Ammo bu yurtdoşlarimizga juda köp noqulayliklar tuğdirib kelgan. Çunki mamlakatimizning nafaqat siyosiy, balki ijtimoiy-iqtisodiy markazi bölgan Toşkent şahri bilan hududlardagi aholini boğlab turgan aloqalar juda keng qirrali, albatta. Şularni hisobga olib hozirgi kunda bunday amaliyotga ham butunlay çek qöyilgan. Bu yil Mustaqilligimizning 28 yilligi arafasida ham, bayram kunlari ham poytaxtga keluvçilarga nisbatan heç qanday çeklov bölmaydi.

Faqat bizning maqsadimiz bayram kunlari huşyorlik va sergaklikni har doimgidan köra oşiriş. Zero, xalqimizning sevimli bayrami tinç va osoyişta ötişi uçun mas'ul ekanmiz, bu yölda tunni tongga ulab xizmatda bölamiz.