Kaşmirda Hindiston va Pokiston örtasidagi nazorat çiziğidagi otişmada Pokistonning 3 harbiysi va Hindistonning 5 harbiysi halok böldi. Bu haqda Associated Press Of Pakistan axborot agentligi xabar berdi.
Ta'kidlanişiça, töqnaşuvlar “köplab yaradorlar va istehkomlarga şikast yetişiga” olib kelgan.
Hindistonning ANI axborot agentligi öz manbalariga tayanib, hind harbiylari halok bölgani haqidagi xabarni rad etgan, biroq pokistonlik harbiylar halok bölganini tasdiqlagan.
Kaşmir knyazligi hududi 1947 yildan beri ikki davlat örtasidagi bahsga sabab bölib kelmoqda. Ayni vaqtda hududda davlat çegarasi mavjud bölmay, uning hududi nazorat çiziği bilan ajratilgan. Kaşmirning Hindistondagi hududida Hindistondan ajraliş uçun kuraşuvçi guruhlar harakat qiladi.












