Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda elektr energiyasiga uch xil tarif joriy qilinishi rejalashtirilmoqda
Foto: Kommersant'
O‘rnatilayotgan yangi elektr energiya hisoblagichlar ko‘p tarifli tizimga ega. Jumladan, ularni kun vaqtiga qarab, elektr energiyasi hisobini yuritish uchun ishlatilishi mumkin, deb yozmoqda O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi matbuot xizmati.
“Ammo hozircha bu tizim O‘zbekistonda joriy qilinmagan. Negaki, mazkur bosqichda “tungi” va “kunduzgi” tariflarni joriy etish yo‘lida jiddiy bir muammo bor. Bu esa elektr energiyaning yetkazib berilishi bilan bog‘liqdir. Agar biz iste'molchiga arzonroq energiyani iste'mol qilishni tanlash imkoniyatini berganimizda, ushbu tanlovni 24 soatlik yetkazib berish bilan mustahkamlashimiz kerak bo‘ladi”, - deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, vazirlik hozirgi paytda iste'molchiga “qimmat” va “arzon” elektr energiyani yetkazib bera olmaydi.
“Chunki ushbu elektr energiyani yetkazib berishda uchraydigan muammolar tufayli biz iste'molchilarni “qimmat” energiyani xarid qilishga majburlaymiz. Yaqin kelajakda esa elektr energiya narxlarini uni iste'mol qilish hajmiga ko‘ra differensiatsiya qilish imkoniyati ko‘rib chiqiladi. Bunda umumjahon amaliyoti – uchta tarif joriy qilinadi – bazaviy, pasaytirilgan va yuqori. Bu hisob-kitob tizimini birmuncha murakkablashtiradi, ammo, shu bilan birga, iste'molchilarga nisbatan eng adolatli qaror bo‘ladi”, - deyiladi vazirlik ma'lumotida.
Mavzuga oid
21:41 / 05.05.2026
Qozog‘iston 2027 yilda Rossiyadan elektr energiyasi olishni to‘xtatadi
11:12 / 21.04.2026
Gaz uchun qancha to‘laysiz va to‘lov qanday hisoblanadi?
12:57 / 07.04.2026
2026 yilning birinchi choragida elektr ishlab chiqarish 7 foizga oshdi
09:35 / 01.04.2026