Oxirgi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda ommaviy ravişda örnatilayotgan yangi elektr hisoblagiçlar körsatkiçlarini köpaytirib qayd etayotgani haqida e'tirozlar bildirilayotgani kuzatilmoqda.
Özbekiston Respublikasi Energetika vazirligi mutaxassislari aloqador idoralar bilan birgalikda iste'molçilarning şikoyatlariga javob berib, elektr energiyasini hisobga oladigan zamonaviy uskunalar ortiqça kVt soatlar «hosil qilayotgani» bilan boğliq vaziyatga aniqlik kiritdilar.
Vazirlik xabariga köra, oxirgi 25 yil mobaynida iyul oyida issiq havoning maksimal darajada saqlanib turişi qayd etildi. Buning natijasida, agar 2018 yilning iyul oyida Toşkent şahrida elektr energiyasi iste'moli 584,6 mln kVt soatni taşkil etgan bölsa, 2019 yilning iyul oyida bu raqam 647,9 mln kVt soatga teng böldi, ya'ni 63,3 mln kVt soat köp elektr energiyasi iste'mol qilindi.
Örnatilgan yangi hisoblagiçlarda aniqlik darajasi ilgarigi induksion yoki birinçi avlodga mansub ayrim elektron hisoblagiçlardan birmunça yuqoridir. Misol uçun, agar induksion hisoblagiçlarda aniqlik darajasi ±2,5% taşkil etsa, yangilarida bu ±1,0% taşkil etadi.
Bundan taşqari, induksion hisoblagiçlarning aniqlik darajasi har beş yildan söng ±5% kamayadi. Bundan kelib çiqib aytiladigan bölsak, ayrim induksion hisoblagiçlarda aniqlik darajasi ±10% oşib ketgan bölsa-da, biz hanuzgaça eski hisoblagiçlardan foydalanişda davom etyapmiz, deyiladi ma'lumotda.
“Ma'lumki, ayrim noinsof iste'molçilar isitiş tizimiga “nulevoy” ötkazgiç ulab olgan holda, elektr energiyasini noqonuniy tarzda iste'mol qilib keladi. Bu esa energiya tizimiga zarar yetkazilişiga, isitiş quvurlarining işdan çiqişiga, ayrim hollarda esa tok uriş natijasida fuqarolarning halok bölişiga sabab böladi.
Hozirgi hisoblagiçlar bunday holatlarda nafaqat hisoblagiçdan ötayotgan elektr energiyasini, balki noqonuniy tarzda foydalanilayotgan qismini ham hisobga oladi”, - deyilgan xabar matnida.
Bildirilişiça, Sirğali tumani, 2-dahada joylaşgan 12 qavatli uylardan birida istiqomat qiluvçi iste'molçi S.A.Yu. saytlardan birida videorolik joylaştirib, “Hisoblagiç öta köp miqdorda hisoblayapti”, deb şarh qoldirgan. Bunga javob tariqasida 2019 yil 9 avgust kuni soat 10:00 da “Elektronhisoblagiç” QK MÇJ işlab çiqariş böyiça direktor örinbosari K.Nurmatov, “Toşkenşahar ETK” AJ direktori D.Imomov, Sirğali tumani hokimi örinbosari B.Töxayev, “Özstandart” agentligi mutaxassisi N.Nurmuhamedovlar iştirokida “taqqoslaş tajribasi” ötkazilib, qayd etilgan natijalar böyiça iste'molçiga töliq tuşuntiriş berildi. Iste'mol qilingan elektr energiyasi töğri hisoblanayotgani töliq tasdiqlandi. Bu jarayonda iştirok etgan fuqaro S.A.Yu bunga iqror bölib, uzr söragan va saytda bu haqda şarh qoldirişga va'da bergan.












