«Bavariya» klubi «Barselona» yarimhimoyaçisi Filippe Koutino transferi haqida kelişuvga erişganini e'lon qildi.

Myunxenliklar braziliyalik futbolçini keyinçalik töliq xarid qiliş majburiyati bilan ijaraga olişadi. Yaqin orada Koutino tibbiy körikdan ötiş uçun Germaniyaga yöl oladi.

Koutino 2018 yil yanvar oyida «Liverpul»dan «Barselona»ga 120 million yevro evaziga ötgan edi. Yana 40 million yevro bonuslar körinişida bölişi közda tutilgan edi. Futbolçi kataloniyaliklar tarkibida 76ta öyinda maydonga tuşib, 21ta gol urdi.