Afğoniston prezidenti Aşraf Ğani poytaxt Kobuldagi töy marosimi vaqtida sodir etilgan va 63 kişi ölimiga sabab bölgan teraktni qoraladi. U «Tolibon» harakati bu hodisa uçun aybni öz zimmasidan soqit qila olmasligini ma'lum qilgan.

Afğoniston rahbari toliblar uşbu teraktga aloqador emasligi haqida bayonot berganidan keyin öz tvitterida «Tolibon» terrorçilar uçun platforma taqdim etib bergani tufayli bu terakt uçun aybni zimmasidan soqit qila olmasligini bildirgan.

Aşraf Ğani vaziyatni tahlil qiliş va kelgusida aholi himoyasi borasidagi kamçiliklarni bartaraf etiş uçun xavfsizlik masalasida şoşilinç yiğilişi çaqirgan.

17 avgust oqşomida Kobuldagi töyxonada röy bergan terakt oqibatida 63 kişi halok bölib, 182 kişi jabrlandi. Afğoniston TIV ma'lumotiga köra, portlaş terrorçi-xudkuş tomonidan sodir etilgan. «Tolibon» uşbu teraktga aloqador emasligini ma'lum qildi. Hozirça heç bir guruh uşbu terakt uçun javobgarlikni zimmasiga olmadi.

Afğoniston boş vaziri Abdulla Abdulla sodir bölgan hodisani qoraladi va qurbonlarning yaqinlariga hamdardlik bildirdi.