Bitta köz yaxşimi, öntami?
Biror narsani nazorat qilmoqçi bölsangiz, közlar köproq bölgani yaxşi, deysiz albatta. Gap butun boşli jamiyat içida keçayotgan jarayonlar haqida ketayotgan bölsa-çi? Unda közlar ming emas hatto – millionta bölgani yaxşi.
Daraxtning bir nuqtasiga kasallik tuşib, çiriy boşlaganini öz vaqtida bilib qolgan dehqon – uning omadi bor ekan – öz vaqtida muammoni bilib qoldi. Omadga suyanib qolişni xohlamagan dehqonning orzusi – daraxt ustidan muttasil nazorat örnatiş. Undan ham ötib tuşadigan orzusi – daraxtning içki muammolarini hal qilib turadigan vosita bölsa-yu, dehqonning taşvişini aritib tursa.
Aslida bunday vosita bor, bu – daraxtning içki immuniteti. Aynan u susayib qolganda daraxtni kasallik işğol etadi va dehqon boşiga taşviş keltiradi. Immunitet qanday işlaydi?
Immunitet bu bir tizim bölib, uning köp sonli – millardlab vakillari bor. Mazkur vakillar tanadagi muammolarni öz vaqtida payqab, butun organizmni boxabar qiladi. Eng muhimi maxsus – tananing barça tizimlarini harakatga keltiruvçi markazlar boxabar qilinadi. Natijada butun tananing içki imkoniyatlari muammoga qarşi taşlanadi va aynan şu uçun, masalan, har birimizning organizmimiz kasallik qözğatuvçi omillarga – muammolarga doimiy ravişda kuraşib turadi. Bu tizim işdan çiqsa biz tezda halok bölamiz...
Mazkur – muammolarga qarşi kuraşiş mexanizmini agarda biz jamiyatga nisbatan qöllaydigan bölsak, uni ijtimoiy immunitet deb atasak böladi va uning asosiy vositasi deb oşkoralikni e'tirof etişimiz lozim.
Millionta köz
Mamlakatni organizm deb tasavvur etaylik. Unda tananing tarkibiy bölakçalari bölmiş hujayralarni insonlar deb olişimizga töğri keladi. Tana immunitetini taşkil qiluvçi millardlab maxsus hujayralarni esa oramizdagi muammolarga befarq bölmagan millionlab kişilarga nisbat beramiz (befarq bölmagan odamlar içimizda köpligiga men şaxsan işonaman).
Oşkoralik esa bu yerda immunitet işlaşini – xavf haqidagi signallar tösiqsiz tarqalişini ta'minlab turuvçi umumiy muhit. Oşkorasizlik esa aksinça – signallarni öçiruvçi muhit.
Biz çorak asr mobaynida immuniteti sal kam ölgan jamiyat şaroitida yaşadik. Barça sohalarning açinarli ahvolga kelgani, hamma yoq muammolarga botib qolgani va nimasini yaşiramiz, mamlakat inqirozga yaqinlaşib qolganining asosiy sabablaridan biri ham şunda – muammolarni oçiqlaş muhiti mavjud bölmaganida.
Yana biroz tasavvurga berilamiz – heç bir ijtimoiy (ya'ni, jamiyatga aloqasi bor) muammosi yaşirin qolmaydigan, muammo yangi urçigan paytidanoq oşkor etiladigan va unga qarşi çora köriladigan jamiyatni tasavvur etamiz. Bunday, millionlab befarq bölmagan közlari bor, xavotir taşuvçi signallar tösiqsiz tarqaladigan jamiyatda muammolarga operativ (tezkor) va interaktiv (muntazam muloqot) rejimida kuraşiladi. Bu sizga soğlom organizmni eslatmayaptimi?
Oşkoralik mavjud bölmagan mamlakat bu – içida nima bölayotganini özi bilmaydigan, natijada tizimlari işdan çiqqan, kasalliklarga asir bölib, bir kun inqirozga uçraşga mahkum bölgan organizm.
Öz-özini tuzatib turuvçi tizim
Raqamli qurilmalarimizni boşqaruvçi Microsoft Windows, MacOS, Linux, ANDROID kabi operativ tizimlar ustida işlayotgan mutaxassislarning maqsadlaridan biri – operativ ravişda öz-özini tuzatib turadigan aqlli tizimni yaratiş. Bunga erişgan kompaniya mazkur bozorda ustunlikka ega böladi zero.
Jamiyatlar ham şu – öz muammolarini operativ ravişda hal qila oladigan jamiyat boşqalardan özib ketadi, muvaffaqiyat qozonadi, oyoğida mustahkam turadi, kelajagiga işonç bilan qaraydi. Bunga esa oşkoralik bilan erişiladi. Kamçiliklarini oşkor etiş tizimi bölmagan, şu asnoda özini-özi tuzata olmaydigan jamiyat esa, hali aytganimizdek, muammolar botqoğiga botib qoladi.
«Bir kalladan ming kalla...»
Demokratiyaning eng asosiy unsurlaridan biri – oşkoralik. Oşkoraliksiz demokratiyani tasavvur etib bölmaydi. Oşkoralikning şaksiz foydalaridan biri – jamiyatning aqliy salohiyatidek bebaho ne'matdan unumli foydalaniş.
Tasavvur eting-a, jamiyat içida nodir intellekt egalari bölsa-yu, jamiyat ulardan foydalanmasa! Bunday açinarli «natija»ga qanday «erişiladi»? Oşkorasizlik bilan! Bilim va intellekt egalari öz imkoniyatlarini röyobga çiqarolmaydigan jamiyat – yutqazuvçi jamiyat. Bu toifa odamlar jamiyat işlarida iştirok etmasa, jamiyat işlariga kim «suqilib» kiradi? Javob: moddiy manfaatini ustun qöygan tuban odamlar jamoat işlarida «faollaşadi» va oxir-oqibat öşalar barça poğonalarni egallaşadi. Çunki ularda andişa bölmaydi – oşkorasizlik muhitida aynan şularning işi yurişadi.
Davlat idoralarini tuban odamlar egallab olgan mamlakatni endi tasavvur etavering! Kelajagi bormi uning?
Islohotlarning dösti kim?
Yuqoridagidan ma'lum bölib turibdiki, islohotlarning, islohotçi prezidentning dösti kamçiliklarni yaşirişga urinayotgan, oşkoralikka tösqinlik qilayotgan kuçlar emas, balki aynan muammolarni oşkor qilişga urinayotganlardir. Şular islohotçi prezidentning işini oson qiladi, jamiyat ijtimoiy immuniteti yuzaga kelişiga, mamlakat öz-özini tuzatuvçi tizimga aylanişiga hizmat qiladi, ijtimoiy leykotsitlar (immunitet hujayralari) vazifasini ötab berişadi.
Kamçiliklar oşkor bölişini yomon köradigan, OAVga ola qaraydigan mansabdorlar – jamiyat islohi ertaga ularning ham zurriyoti uçun foyda ekanligini tuşunmaydigan, bir qadam naryoqni köra olmaydigan saviyasiz qatlam bölib, ulardan davlat idoralarini tozalaş mamlakat rahbariyatining eng muhim vazifalaridandir.
Biz nega oşkoralik istaymiz?
Rivojlangan mamlakatlarga nazar taşlaydigan bölsak, ularning rivojlanişida hal qiluvçi rolni aynan oşkoralik muhiti öynayotganini köramiz. Uşbu jamiyatlarda kamçiliklar farovon hayotga tösqinlik deb qabul qilinganidan taşqari, bu kamçiliklarga köpçilik bölib, ommatan kuraşiş kerakligiga qaror qilişgan – hamma, birlaşib, kamçiliklarni «körgani közlari yöq» ularning. Kimdir avtomaşina derazasidan çiqindini yölga taşlasa, buni körib qolgan, orqada ketayotgan boşqa birov darrov politsiyaga xabar beradi. Nega? Çaqimçilikmi? Yöq! Ming maşaqqat bilan qurilgan tartibli jamiyatlariga putur yetişiga tösqinlik qiliş uçun – «bugun bittasi yölga çiqindi taşlaydi, ertaga, indamasa, öntasi». Ular şu asnoda farzandlari ham tartibli jamiyatda yaşaşlarini ta'minlaşadi.
Oşkoralik muammolarning duşmani, muammolarni çirkin manfaat topiş manbai qilib olganlarning, muammolarga botgan muhitni «yoğli hayot» manbai qilib olganlarning duşmani, xalq rizqini panada öğirlaydiganlarning duşmani, qoronğilikni yoruğlikdan afzal biladiganlarning duşmani.
Şokir Şaripov












