16 avgust kuni Özbekiston Respublikasi Oliy sudining töliq tarkibdagi navbatdagi yiğilişi bölib ötdi. 

Sudlar faoliyati tahliliga bağişlangan va tanqidiy ruhda ötgan mazkur yiğilişda Oliy sud matbuot xizmati rahbari Olimjon Ösarov sudlar faoliyatining oçiqligi va şaffofligi mavzuida ma'ruza qilgan. 

Kun.uz manbasining xabar berişiça, matbuot xizmati rahbari öz ma'ruzasida sönggi vaqtlarda OAVda sudlar faoliyati borasida tanqidiy çiqişlar köpayib borayotgani va bu kabi çiqişlarga jiddiy e'tibor qaratiş, xolis munosabat bildiriş kerakligini, ammo bu borada joylarda sustkaşliklarga yöl qöyilayotgani, şuningdek, ayrim sudya va sud xodimlari tomonidan jurnalistarning sud majlislarida iştirok etişiga asossiz tösiqlar qöyilayotganini tanqid qilgan.

«Hozir davlat organlarining axborot xizmatlari faoliyati yangitdan körib çiqilmoqda, matbuot xizmati rahbarlariga esa katta vakolat va imkoniyatlar berilyapti. Bundan birinçi navbatda davlat organlari va taşkilotlarining faoliyati töğrisida jamoatçilikka xolis axborot yetkaziş maqsadi közlangan. Taşkilot va OAV örtasida hamkorlik qoğozda emas, amalda bölişi lozim. 

Ammo matbuot xizmati xodimlarining iş joyiga tuşga yaqin kelişi, natijada jurnalistlarning murojaatlari javobsiz qolayotgani, berilayotgan qisqa javoblar esa ularni qoniqtirmayotgani, natijada sud faoliyatiga nisbatan turli noroziliklarning köpayib borayotgani tufayli lavozimimni tark etaman», deya fikrlarini yakunlagan Olimjon Ösarov.

Ma'lumot uçun, Olimjon Ösarov 28 yillik iş faoliyati davomida davlat hokimiyati organlari va ommaviy axborot vositalarida turli mas'ul lavozimlarda işlagan. 

2002-2005 yillarda Özbekiston Respublikasi Oliy sudining matbuot xizmati rahbari hamda «Özbekiston Respublikasi Oliy sudi Axborotnomasi» ilmiy-amaliy jurnali va «Kuç-adolatda» gazetasi birlaşgan tahririyati boş muharriri, şuningdek, ikki çaqiriq Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputati bölgan.