Huawei'ning «P30 Pro» rusumli flagmani Yevropa Tasvir va Ovoz Assotsiatsiyasi (EISA) tomonidan 2019-2020 yillarning eng yaxşi smartfoni deb tan olindi.
Reytingga avtoritet kompaniyalarning 50ta audio va videotexnikalari kiritilgan.
Huawei telefoni EISA talqiniga köra ketma-ket ikkinçi yil jahondagi eng yaxşi smartfon deb topilmoqda. 2018 yilda şu kompaniyaning «P20 Pro» smartfoni birinçi örinni olgandi.
Bu yil bozordagi örnida eng katta ijobiy siljiş kuzatilgan smartfon sifatida OnePlus'ning «7 Pro» modeli e'tirof etildi. Xiaomi'ning «Redmi Note 7» smartfoni esa «Eng yaxşi xarid» turkumida barça raqobatçilarini ortda qoldirdi.
Qayd etiş joiz, Huawei, OnePlus va Xiaomi'larning uçalasi ham Xitoy kompaniyalaridir.
Ma'lumot uçun, Yevropa Tasvir va Ovoz Assotsiatsiyasi smartfon, kamera, ovoz yoziş texnikalari va şu kabi multimedia vositalarini sinovdan ötkaziş bilan şuğullanadi. Taşkilotga 1982 yilda asos solingan.












